Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha akt vazirligining Rasmiy bayonoti



Yüklə 20,47 Kb.
səhifə3/3
tarix17.04.2023
ölçüsü20,47 Kb.
#99363
1   2   3
36b75acd-32e7-2c14-d2c1-4eedd60dfdcc

2021 yil 1 iyulga qadar pochta tarmoqlari orqali autsorsing asosida tijorat banklari nomidan jismoniy shaxslarga kredit berish to‘g‘risida arizalarni qabul qilish, kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish, yuridik shaxslar kunlik savdo tushumini qabul qilish kabi bank xizmatlari ko‘rsatishni joriy qilinadi.
2021 yil yakuniga qadar internet-do‘konlari tovarlarini saqlash va yetkazib berish xizmatlarini o‘z ichiga olgan 4 ta logistika markaz ish boshlashi rejalashtirilmoqda.
2021 yil 1 apreldan boshlab olis va chekka hududlarda joylashgan pochta aloqasi ob’ektlarida kamida 13 ta turdagi davlat xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi.
Amalga oshiriladigan ushbu ishlar aholimizning pochta aloqalaridan yanada kengroq foydalanishiga imkoniyat yaratadi.
Shu yerda yana bir muhim ma’lumotga to‘xtalib o‘tsam, bugungi kunda, ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ko‘tarilib turadigan masalalardan biri aholini tezkor, sifatli va arzon internet bilan ta’minlash masalalaridir. Shundan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishda Vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tsam, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi.
Aholini sifatli internet bilan ta’minlash uchun 2020 yildi “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar 19 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi.
Mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 11 oyida 4,5 mingta baza stansiyalari qurilib ishga tushirildi va 3 mingta baza stansiyalar modernizatsiya qilindi. Natijada respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 87 foizga yetkazildi.
Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida, respublika miqyosida 1 million port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 3 millionga yetkazildi.
Ijtimoiy soha ob’ektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yil 1 dekabr holatiga 7 150 ta xalq ta’limi, 4 581 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 2 747 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 12 867 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.
Shu bilan bir qatorda, 2020-yilda mamlakat operatorlari va provayderlariga ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxlarini pasaytirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirildi.
IP-transport xizmatlari bo‘yicha “Ma’lumotlarni uzatish magistral va multservis tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “O‘zbektelekom” AK tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilda transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlarigacha 2 barobarga (400 Gbit/s. gacha), tuman markazlarigacha esa 4 barobarga (40 Gbit/s. gacha) oshirilgan.
Mazkur loyiha bo‘yicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan, 2021-yil 1-yanvardan transport kanallarini ijaraga berish xizmati joriy narxini 2 barobarga arzonlashtirilmoqda.
Transport tarmog‘i o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish va narxlarini arzonlashtirish operator va provayderlarning respublikamizning chekka hududlarida faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Bu operatorlar va provayderlar sotib oladigan internet hajmini orttirish orqali yanada yuqori tezliklarda o‘z xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida respublikamizning barcha hududlaridagi aholi uchun yanada yuqori tezliklarda internet xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Har bir foydalanuvchi uchun xizmat narxini arzonlashtirish, barcha toifadagi abonentlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2020-yil noyabr oyidan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Mbit/s tezlikdagi kanal narxi oldingi tariflarga nisbatan 20 % ga arzonlashtirilib, 45 022 so‘m deb belgilandi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab mazkur xizmat narxi 40 000 so‘mgacha arzonlashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Yüklə 20,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin