Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan barcha qithalarda kechgan keng



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə24/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan barcha qithalarda kechgan keng miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni XX asr 80-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Braziliya, Argentina, CHili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning ehtiborli natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda SHimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvida qatnashgan 34 ta davlat rahbari o’z davlatlarining demokartik yo’l bilan saylangan liderlari edilar. SHunga o’xshash demokratiklashtirish jarayonlari Osiyo Tinch okeani hududi - Filippin, Tayvang’, Janubiy Koreya, Tailandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda harbiy tuzum o’rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika respublikasining aparteid siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo’l olinganligini ko’rsatdi. Afrikaning boshqa joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi. Biroq inqirozga uchrashi, Gana, Benin, Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma’lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv to’lqini bu qithaga ham tahsir qilmasdan o’tmaganini ko’rsatadi.

Aytib o’tish lozimki, demokratiya yetuklikning bir necha darajasiga ega. Bu frantsuz hamda amerika inqilobi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha demokratik jamiyatlarning rivojlanishida yaqqol namoyon bo’ldi. Qator Afrika mamlakatlarida yoki sobiq ittifoq o’rnida paydo bo’lgan yangi mustaqil davlatlarning ayrimlarida muntazam ko’ppartiyaviylik saylovlari ko’rinishiga ega bo’lgan demokratiyaning ilk shakllari, aytaylik, G’arbiy Yevropa tipidagi yetuk demokratiya shakllaridan anchagina farq qiladi. Agar Linkolg’nning demokratiyaga bergan «xalq tanlagan saylagan va xalq manfaatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xalq boshqaruvi» tahrifidan kelib chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.

XX asr 80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida ijtimoiy-siyosiy modellarning global almashinuv jarayoni turli davlatlarda turlicha kechgan bo’lsa-da, uning yer yuzining yarmidan ko’pini qamrab olganligi bois, jahon hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy maydonining sifat o’zgarishi to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’ladi. Jamiyatlarni tashkil etishning demokratik shaklli tafovutlar, bahzan esa muayyan davlatlar o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlardan ham xoli emas. Masalan, bugungi kunda Hindiston va Pokiston, Gretsiya va Turkiyada parlamentar boshqaruv joriy etilgan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi munosabatlarda xavfli keskinlik mavjud. Rossiya kommunizmdan demokratiyaga qarab ancha yo’l bosib o’tgan bo’lsa-da, baribir, aytaylik, NATOni kengaytirish yoki Saddam Husayn, Slobadan Miloshovich tuzumlariga qarshi harbiy kuchni ishlatish masalalari bo’yicha Yevropa davlatlari va AQSH bilan oralarida kelishmovchilik yuzaga kelgan edi. Lekin muhimi shuki, tarixda demokratik davlatlar bir-birlari bilan urush qilishmagan.

Jahon tarixining tadqiq etilishi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratiyalar avtoritar tuzumlar bilan urush olib boradilar va juda ko’p boshqa demokratik davlatlar bilan ziddiyatlarga borsalar ham, xech qachon bu narsa urushgcha yetib bormagan. Vestfalg’ tizimi mavjud davr mobaynida demokratik davlatlar o’trasidagi munosabatlar tor doira bo’lganligi va ularning hamjixat bo’lishlariga avtoritar davlatlar tahsir etganligini ko’rsatuvchi tanqidchilarda bunga ma’lum bir asos bor ekanligini tan olish zarur. Avtoritar davlatlar tomonidan tahdidning yo’qolishi yoki kamayishi bilan demokratik davlatlar bir-birlari bilan munosabatda o’zlarini qanday tutishlari ham noma’lum.

Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o’zaro tinch munosabatlaridagi qonuniyat buzilmasa, unda hozir dunyoda ro’y berayotgan demokratiyani kengayishi dunyo global zonasining ham kengayishini anglatadi. Ehtimol, yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizmining Vestfalg’ tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir.

Global miqyosda demokratiya va avtoritarizm o’trasidagi nisbatning o’zgarishi amerikalik tadqiqotchi F.Fukuyamaning demokratiya g’alabasini ovoza qilishiga hamda shu mahnoda tarixiy formatsiyalar o’rtasidagi kurash sifatida «tarixning yakunlanganligi» tug’risida ehlon qilishga asos bo’lib xizmat qildi. Biroq, demokratiyaning keng miqyosda yoyilib borayotgani uning to’liq g’alabasi degani emas. Kommunizm biroz o’zgartirilgan ko’rinishda bo’lsa-da, Xitoy, Vg’etnam, SHimoliy Koreya, Laos, Kubada saqlanib qolindi uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida, Serbiyada sezish mumkin.

SHimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti elementlari paydo bo’lmoqda, ular u yoki mahnoda jahon iqtisodiy tizimiga jalb etilmoqda. Saqlanib qolgan ayrim kommunistik davlatlarning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari «sinfiy kurash» tamoyilidan ko’ra, «Birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi. Qisman amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun ochiq bo’lishlik siyosiy erkinliklarni kengaytirishni talab etuvchi ijtimoiy kuchlarni yuzaga chiqaradi. Biroq, bir partiyaviylik tizimi teskari tomonga qarab ish olib bormoqda. Natijada liberalizmdan avtoritarizmga, avtoritarizmdan tiberalizmga qarab harakat qiluvchi «arg’imchoq» effektini kuzatish mumkin.

XX asr tajribasi ko’rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday tashqi siyosatni ishlab chiqardiki, u demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo’ladi.

Bunday ziddiyatning mavjudligi ular o’rtasidagi harbiy mojaroni keltirib chiqarishi mumkinligi va ular o’rtasidagi munosabatlar bo’la olmasligi xususidagi fikrlar asoslagandir.

Hozirgi kunda dunyoda avtoritar tuzumdagi bir qancha davlatlar mavjud. Avtoritar tuzumda bo’lgan davlatlar orasida alohida o’rinni ekstremistik mazmundagi «islomiy» mamlakatlar - Eron, Sudan, Afg’oniston egallaydi. «Islom fundamentalizmi» nomi bilan ataluvchi islom ekstremizmi xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o’z tahsirini o’tkazish uchun imkon bermoqda.

G’arb demokratiyasini inkor etuvchi hamda zo’ravonlikka yo’l qo’yuvchi ushbu mafkuraviy oqim so’nggi yillarda Yaqin SHarqning ko’pgina mamlakatlari aholisi va musulmon aholisi yuqori bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan.

Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilishga intilayotgan kommunistik tuzumdagi davlatlardan farqli o’laroq, islom siyosiy ekstremizmi dinamik va Saudiya Arabistoni, Fors ko’rfasi mamlakatlari, Pokiston, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug’dirmoqda.



Avtoritar davlatlarning saqlab qolinishi yoki ular sonining ortishi, extimol, ular o’rtasidagi, shuningdek, demokratik dunyo bilan o’rtalarida harbiy to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Albatta, xalqaro munosabatlarning kelgusidagi rivojini tadqiq etishda demokratiya o’rtasidagi munosabatlar qonuniyatlarini, demokratiyaning avtoritar tuzumlarga tahsirini yaxshilab tahlil etish lozim bo’ladi.


Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin