Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə23/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirildi:

– yangi xalqaro huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi;

– sobiq Ittifoq ishtirokchi bo’lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuqtai nazaridan o’rganildi;

– O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi;

– mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, «Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to’g’risida»gi qonun, «Konsullik ustavi» shular jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo kodeksi ham qabul qilindi.

Manfaat, bu zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O’zbekiston uchun taraqqiyotning muayyan jug’rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimizning ko’p millatli tarkibi, uning tarixiy va madaniy merosi, ma’naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan tahminlanganlik, davlatning xalqaro munosabatlardagi o’rni va hokazolardir. Bu omillar O’zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi. Ehtiyojlar esa manfaatlarda o’z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini belgilaydi. SHu jihatdan, O’zbekistonning tashqi siyosiy manfaatlari xalqaro aloqalarni rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir.

Barcha davlat va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilishda davlatimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqiladi. Tabiiyki, bunda sheriklarimiz manfaatlari, ular tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari hisobga olinishi zarur. Zero, o’zaro uzviy bog’liqliksiz tashqi siyosatni tasavvur etib bo’lmaydi.

O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo’jalik aloqalarini o’rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar.

Respublika Prezidenti davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga tayyorligini qathiy tasdiqladi. Bu talablarga rioya etmasdan, xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib bo’lmaydi. Bu yerda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi va Xelg’sinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan ustuvorligi va hokazolar to’g’risida gap bormoqda. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday yondashuv tarafdoridir.

O’zbekiston butun dunyo ko’z o’ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega bo’lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O’zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo’lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o’xshash yosh mamlakatlar ham bab-baravardir.

O’zbekiston taraqqiyotning konstitutsiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda. Xalqimizning ma’naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zahiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tug’diradi. Natijada mamlakatimiz amalda yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi.

XX asrning ohirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o’zgardi. Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «sotsialistik hamdo’stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Bu holat dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Yevroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va SHarqiy Yevropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, SHimoliy yarim sharining kattaroq qismi - Yevropa, SHimoliy Amerika, Yevroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o’xshash qadriyatlarga ehtiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.

«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so’ng avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerika, Osiyodagi o’z tarafdorini qo’llab-quvvatlashdan to’xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o’z qiymatlarini yo’qotishdi va natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan maxrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberiya, Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi.


Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin