Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o’zaro manfaatli hamkorligining istiqbollari



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə31/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o’zaro manfaatli hamkorligining istiqbollari. O’zbekiston o’z taraqkiyotida, tashqi siyosat borasida Amerika Ko’shma SHtatlari bilan hamkorlikka katta ehtibor qaratmoqda. Mustaqillik yillarida ikki mamlakat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohalardagi hamkorlik aloqalari o’zining rivojlanish bosqichiga chiqdi. 1992 yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochildi, 1995 yil aprelida AQSH hamkorligida NATOning "Tinchlik yo’lida hamkorlik" dasturi doirasida harbiy o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi. 1996 yilgacha O’zbekistonda 200 ta o’zbek-amerika ko’shma korxonalari tashkil topdi. O’zR Prezidenti I.Karimov 1996 yil 23-28 iyung’ kunlari AQSHga rasmiy tashrif bilan bordi. 25 iyunda AQSH prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Bu uchrashuv jahon integratsiyalashuvida mintaqaviy taraqqiyotda ulkan ahamiyatga ega bo’ldi. 1997 yil 5 fevralda Prezident I.Karimov AQSH davlat kotibini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhokama etilidi. O’zbekiston AQSHning Afg’oniston va Iroqdagi terroristik aqidaparastlarga qarshi kurashini qo’llab-quvvatladi. Prezidentimiz BMT BAsining 48,50 yillik yig’ilishlari va ming yillik samitlarida mintaqaviy muammolarni dolzarb mavzu sifatida ko’tarib keldi.

O’zbekiston tashqi siyosatda Yevropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatish jiddiy ehtibor berdi. O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasidagi (1993 yil 28 aprelida) munosabatlar keng yo’lga qo’yildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palatasi tashkil topdi, GFR elchixonasi ochildi.

1994 yil 9-12 iyunda O’zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo’ldi. Dehqonchilik va chorvadorlar xo’jaligida bo’lib ular bilan suhbatlashdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agroxo’jaligining texnologiyasi O’zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O’zbekistonda Gollandiya kartoshka urug’lari ekilib hosil yetishtirilmoqda.

1-Slayd



O’zbekiston bilan Frantsiya o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Frantsiya bilan do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma, madaniyat, ilmiy-texninaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to’g’risida sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish, himoyalash to’g’risida bitimlar imzolandi. Bugungi kunda O’zbekiston-Frantsiya o’rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.

1993 yil 22-25 noyabrlarda O’zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo’lishi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo’ldi. "Toshkent-London" havo yo’li qatnash yo’lga qo’yildi.

Umuman, O’zbekiston Yevropadagi Finlyandiya, Avstriya, Belg’giya, SHveytsariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polg’sha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatib kelmoqda va bu aloqalar bugungi kunda. yanada kengayib borayapti.

O’zbekiston mustaqillik yillarida yaqin, O’rta SHarq va Arab mamlakatlari, shuningdek, SHarq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan ham ikki va ko’p tomonlama aloqalarni o’rnatib, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnika sohasida istiqbolli natijalarga erishmoqda.

O’zbekistonda investitsion muhitni shakllantirish, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni vujudga keltirish bo’yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda mamlakatni jahon bilan bog’lovchi kommunikatsion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. CHet ellardagi taniqli iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlari va mutaxassislari, yozuvchilar va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O’zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng ilg’or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar.

Mamlakatimizning boy yer osti va usti resurslari, malakali mutaxassislari, Markaziy Osiyodagi yetakchi mavqei ham jahon davlatlarini hamkorlikka undamoqda. O’zbekiston hozirgi paytda 130dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. Yurtimizdagi 15 mingga yaqin korxona mahsulotlar eksport-importi bilan shug’ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o’ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas.




Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin