Mustaqil ish mavzu: suv rеsurslаridаn sаmаrаli



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145710
  1   2   3   4   5   6   7
SUV RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI RАG`BАTLАNTIRISHNING MАVJUD TIZIMI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu:

SUV RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI 
FОYDАLАNISHNI RАG`BАTLАNTIRISHNING MАVJUD TIZIMI
 

 
 
 
Guruh: 20-120 
 
Bajardi:

TILOVOLDIYEV NODIRBEK
 
 
 
 
 
 
 


MAVZU: SUV RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI 
RАG`BАTLАNTIRISHNING MАVJUD TIZIMI 
 
Reja: 
1.
 
Suv resurslari. 
2.
 
Suv resurslarini muhofaza qilish va samarali foydalanish. 
3.
 
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash. 
4.
 
Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolar va ularni bartaraf 
etish yo'llari. 
5.
 
Suv rеsurslаridаn sаmаrаli fоydаlаnishni rаg`bаtlаntirishning mаvjud 
tizimi. 
6.
 
Xulosa. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


SUV RESURSLARI 
Suv resurslari - foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va 
tuproqdagi nam zaxiralari. Suv resurslari asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland 
togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta 
tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik 
zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi.
Suv resurslari deganda suv obʼyektlari — daryo, ko'l, dengizlar ham 
tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam 
olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv 
zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar 
foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar 
koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti 
suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— 
gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv 
resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu 
resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. 
Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, 
kommunal xo'jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli 
omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay daryo va 
koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga 
kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi.
Dunyodagi barcha suvlar sho'r va chuchuk suvlarga bo'linadi. Sho'r suvlarga 
okean, dengiz suvlari kiradi. Chuchuk suvlarga daryo, ko'l, suv ombori, kanal 
suvlari kiradi. Suvlar joylashishiga ko'ra: 2 xil bo'ladi. 
1. Ochiq suv havzalari- daryo, ko'l, suv ombori, kanal. 
2. Yer osti suv havzalari - grunt suvlari, qatlamlararo bosimsiz suvlar, 
qatlamlararo bosimli suvlar. Okean va dengiz suvlari sho'r bo'lganligi sababli, ular 
ichishga yaroqsizdir. Gigiyenik jihatdan chuchuk suvlar ahamiyatlidir. 
Ochiq suv manbalari. Ochiq ya'ni yuza suv havzalari suvi tarkibi jihatdan tez 
o'zgaruvchanligi, unda mineral tuzlarning kamligi, ifloslanish darajasini yuqoriligi 
bilan yer osti suvlaridan farq qiladi. Suv miqdori faslga qarab va meteorologik 
sharoitlar ta'sirida yo ko'payib yoki kamayib turadi. Muz qatlamlarining ko'chishi, 
yog'ingarchilik, sel kelishi va boshqa tabiat xodisalari suv ko'rsatkichlariga salbiy 
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ochiq suv havzalari insonning yashash faoliyati 
davomida chiqindi suvlar, sanoat chiqindilari, sug'orilayotgan yer maydonlaridan 
chiqadigan oqava suvlar va boshqalar bilan ifloslanadi. Keyingi yillarda oqava 
suvlarning ochiq suvlarning suv havzalariga tushishi natijasida bir hujayrali suv 
o'tlari nixoyatda ko'payib, suv qavatlari o't bosayotgani guvoximiz. Suv 
omborlarida saqlanayotgan suvning gullashi ularning organoleptik hususiyatlarini 
o'zgartirib yubormoqda. Yuqorida zikr qilingan omillardan ma'lumki, bunday 
suvlarni to'g'ridan to'g'ri iste'mol qilish mumkin yemas. Ularni faqat zararsiz holga 
keltirib, so'ng iste'mol qilishga ruxsat yetiladi. 
Daryolar yeng asosiy ochiq suv havzalari bo'lib, ular ma'lum darajada 
ishlagandan so'ng aholi yextiyoji uchun ishlatiladi. Lekin, daryo suvlari tez 
o'zgrganligi sababli ular tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar, gelmint 


tuxumlari va boshqa moddalar bo'lishi mumkin. Daryo bo'ylarida kir yuvish, 
cho'milish, mol boqish va oqav suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi daryo 
suvining ifloslanishiga sabab bo'ladi. Bular suvning tabiiy holatini buzib, ularning 
organoleptik hususiyatlarini o'zgartirib yuboradi, natijada suvning rangi sariq, 
kulrang, ko'kimtir va boshqa tusga kirib qoladi. 
Ko'llar maydonining kengligi, katta-kichikligi, suvining xajmi, chuqurligi 
bilan bir-biridan farq qiladi. Ko'llarning suvi asosan chuchuk bo'lib, ular 
daryolarning quyilishidan paydo bo'ladi. Shuning uchun ularning tarkibi daryo 
suvlarinikiga o'xshab ketadi. Ko'llarda suv harakati kam bo'lganligi uchun ular 
osilma moddalardan holi bo'ladi. Suvining rangi tiniq, tashqi ko'rinishi ham ancha 
yaxshi bo'ladi. Ko'l suvini ichishga tavsiya qilish mumkin, ammo buning uchun 
ko'lning chuqurligi kamida 10 metr bo'lmog'i shart. Chuqur ko'llarda, masalan 10 
metr chuqurlikdagi ko'llarda mikroblar soni kam bo'ladi, harorat 10-120 C atrofida 
bo'lib, kimyoviy tarkibi kam o'zgaradi. Shuning uchun katta va chuqur ko'l 
suvlarini markazlashgan suv inshootlariga ulab aholini ta'minlash mumkin. 
Sun 'iy suv omborlari. Keyingi 30-40 yil ichida katta daryo suvlaridan 
ichimlik suv sifatida va yelektr yenergiya olish maqsadida foydalanish uchun 
ko'pdan-ko'p suv omborlari qurildi. Suv omborlaridagi suv tarkibi daryo, yomg'ir 
va oqava suvlar tarkibiga o'xshaydi, chunki oqib keladigan suv suv omborlariga 
to'planadi. 
Suv omborlaridagi suvning o'ziga xos tomoni shundaki, ular borgan sari 
minerallashib, tuzlarning miqdori ortib boradi. Suvning bug'lanishi, uning yerga 
shimilishi suv tarkibidagi mineral tuzlar miqdo'rini tobora oshirib boraveradi. Suv 
ombori satxining suv miqdoriga nisbatan katta bo'lishi uning tezroq 
minerallashishiga olib boradi. Suv ombori suvining yana bir xususiyati shundan 
iboratki, ular yozda ko'karib ketadi. Bunga suv o'simliklarinig o'sishi sabab bo'ladi. 
Suv o'simliklaring ko'p qismi suv inshootlariga tushadi, filtrlovchi uskunalarga 
tiqilib qolib, ularni ishdan chiqaradi, vodoprovod inshootlarning normal holatda 
ishlashiga xalal beradi. Suv omborlari suvi doimo almashtirilib turilgani uchun 
sanitariya jihatdan ancha havf tug'dirmaydi, daryo suvlari esa doimo harakatda, 
o'z-o'zini tozalash jarayonlari juda jadal o'tadi. 
Kanallar. Kanal suvlardan faqatgina xalq xo'jaligini rivojlantirishda 
foydalanib qolmasdan, balki aholi uchun ichimlik suv sifatida ham foydalaniladi. 
Kanal suvlarining o'z-o'zini tozalash xususiyati ancha kam. Buning ustiga shag'alli 
joylarda suv o'tlari o'sib, kanal suvini ifloslantiradi, bu esa suvning xidi va 
mazasiga ta'sir qiladi. O'rta Osiyo Respublikalari territoriyasida joylashgan kanal 
suvlaridan ichimlik maqsadida foydalanilganda uning sanitariya holatiga ahamiyat 
berish zarur. 
Yer osti suvlari. Yer osti suvlari asosan yer usti suvlari, yog'ingarchilik 
oqibatida paydo bo'lgan suvlarning yer osti qavatiga sizib o'tishidan hosil bo'ladi. 
U yerning pastki, chuqur, suv o'tmas qavatida to'planib, yer osti suv havzalarini 
paydo qiladi. Yer osti suvining tarkibi tog' jinslarining tuzilishiga juda bog'liq. Yer 
osti tog' jinslari suv o'tkazmaydigan jinslarga tafovut qilinadi. Suv o'tkazuvchi 
jinslarga qum, qumsimon jinslar, shag'al, oxaktosh va darz ketgan ma'danlar kiradi. 
Suv o'tkazmaydigan jinslar jipslashgan qattiq granit, qum qavati, oxaktosh yoki loy 


qavatidan iborat. Suv o'tkazuvchi va o'tkazmayigan jinslar ko'pincha qavat-qavat 
joylashgan bo'lib, ular orasida suv xarakati mavjud. Yer osti suvlari turli 
chuqurlikda joylashadi. Ular 1,5 m dan 16 km gacha yetishi mumkin. Yer osti 
suvlari anchagina chuqurlikda joylashadi. Respublikamizda yer osti suvidan juda 
keng foydalaniladi. Sobiq SSSR territoriyasida uning hajmi 23,4 million km3. 
Hozir ko'pchilik Shahar aholisi yer osti suvlaridan foydalanadi. Masalan, Minsk, 
Kiyev, Tyumen, Vitebsk, Toshkent Shaharlari aholisining 50% i yer osti suvlari 
bilan ta'minlangan. Kelajakda yer osti suvlaridan keng ko'lamda foydalanish ko'zda 
tutilmoqda. O'lkamiz yer osti suvlariga juda boy, Moskva, Dnepropetrovsk, 
Donetsk, G'arbiy Sibir, Turkmaniston va Qozog'istondagi yer osti suvlari shular 
jumlasidan. Horijiy mamlakatlarda ham yer osti suvlaridan keng ko'lamda 
foydalanadilar. Masalan, Yaponiyada yiliga 75,5 mlrd tonna suv kishilar ehtiyoji 
uchun sarflanadi, undan 13 mlrd tonnaga yaqini yer osti suviga to'g'ri keladi. 
O'zbekiston territoriyasidagi yer osti suvlarining ko'pchiligi tarkibi jihatidan 
DavST talabiga javob beradi. 
Grunt suvlar. Yer ostining eng yuqori, suv o'tkazmas qavatida joylashgan 
suvlar grunt suvlar deyiladi. Bu asosan filtrlanish oqibatida paydo bo'ladi, bunday 
suv havzalarining bosimi bo'lmaydi. Yer relyefi pastqam bo'lgan joylarda yer osti 
suvlari yer yuziga buloq bo'lib otilib chiqishi mumkin. Buloq va chashmalar 
tepaliklar, tog'larning yon bag'rida, pastqam yerlarda ko'p uchraydi. Bunday 
chashmalar yuqoriga ko'tariluvchi chashmalar deyiladi. Ko'tariluvchi chashmalar 
sanitariya nuqtai nazaridan anchagina xavfli hisoblanadi. Grunt suvlar quduqlar 
yordamida ham olinadi, grunt suvlar miqdori yog'ingarchilik miqdoriga qarab 
o'zgarib turishi mumkin. Grunt suvlar odatda 1,5-2 metr dan 3-10 metr chuqurlikda 
joylashadi. Ularning tarkibida tuz bo'lishi mumkin. Grunt suvlar tarkibi ko'p 
jihatdan o'sha joyning sanitariya holatiga bog'liq. 
Yuqorida joylashgan yer osti suvlari. Ba'zan ular grunt suvlar yuqorisida 
joylashadi. Yuqori yer osti suvlari suvga bardosh beradigan yoki suvni kam 
o'tkazadigan qavatda joylashadi. Bunday suvlarning to'planishi doimiy bo'lmay, 
ular asosan yog'ingarchilikka bog'liq. Yuqori yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin 
bo'lgani uchun ular tez-tez mikroorganizmlar, tuzlar, zaharli ximikatlar, mineral 
o'g'itlar bilan ifloslanib turadi. Bunday suvlar ichishga tavsiya qilinmaydi. Faqat 
zararsiz holatga keltirib, so'ngra ichish mumkin. 
Artezian suvlar. XII asrda Fransiyaning Artezia viloyatida yer osti suvlaridan 
foydalanishgan. Shuning uchun ham bunday suvlar shu viloyat nomi bilan ataladi. 
Artezian suvlar chuqur yer osti qatlamlarida to'planadigan yuqori bosimli suvdir. 
Artezian suvlar suvga chidamli birinchi, ikkinchi yoki ko'p qavatli jinslarning 
tagiga joylashgan bo'lib, qatlamlar orasida yotadi. Suv tashuvchi qavatlar 
ifloslanishdan anchagina himoyalangan bo'ladi. Artezian suv havzalari juda 
chuqurlikda joylashadi. Ular filtrlanib, so'ngra yer yuzasiga chiqadi yoki 
chiqariladi. Bosimli suvlar gravitattsion kuchlar va atmosfera bosimi ta'sirida 
suvning elastiklik xususiyati sababli xarakatga keladi. Suv o'tkazmaydigan jismlar 
oralig'ida qisilib yotgan suv doimo bosim ostida yotadi, quduq kovlanishi bilan 
bosimli suv yer yuzasiga otilib chiqadi, ba'zi holatlarda yer tagidan o'zi otilib 
chiqishi ham mumkin. Har bir suv qavatining o'z oziqlanish zonasi, bosim 


chegarasi va bo'shashish zonalari bor. Ayniqsa bo'shashish zonalaridagi suvlar yer 
yuzasiga daryolar yoki ko'llar tagidan yo'l topib chiqadi. Qatlamlararo joylashgan 
bosimli yoki bosimsiz suvlar quduqlar kovlash yo'li bilan olinadi. Qatlamlararo yer 
osti suvlarining o'ziga xos tomoni shundaki, ularda erigan oksigen bo'lmaydi, 
ammo mikrobiologik jarayonlar suv tarkibini shakllantirishda katta ahamiyatga 
ega. Qatlamlararo yer osti suvlarining oziqlanish maydoni qancha keng va uzoq 
bo'lsa, u shuncha toza va tarkibi doimiy bo'ladi. Suv tarkibining doimiy bo'lishi 
sanitariya jihatdan katta ahamiyatga ega. Olimlarning fikriga qaraganda, suvning 
harakat tezligi sutkasiga bir necha 10 sm dan 1 -3 metrgacha bo'lishi mumkin ekan. 
Agar tog' jinslari orasida yoriq bo'lsa, suv harakati bir necha 10 metrga yetishi 
mumkin. 
BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash 
muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi 
(2003, Yaponiya, Kioto), 2003-yil Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. 
Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, daryo oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari 
(tiklanadigan resurslar), shuningdek, tog'lardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv 
zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, 
muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. 
Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga 
vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer 
usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro 
bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo 
oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik 
mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, 
Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km³, Sirdaryoda — 
39 km³, Tajan va Murgʻobda — 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy 
jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli 
sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi. 
Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni 
vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan 
boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, 
AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va boshqalar) va Sirdaryo (Katta 
Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Janubiy Mirzachoʻl kanallari va 
boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin