MUNDARIJA KIRISH I.BOB. DARYOLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 1.1. Daryo sistemasi, gidrografik to‘r
1.2. Daryo boshi, yuqori, o‘rta va quyi oqimi, quyilishi
1.3. Suvayirg‘ichlar, daryo havzasi va suv to‘plash maydoni
1.4. Laminar va turbulent oqimlari
II.BOB. DARYOLARNING SHAKL VA O’LCHAM KO’RSATKICHLARI 2.1. Daryo tizimining shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari
2.2. Daryo havzasining shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari
2.3. Daryo o‘zani va uning ko‘ndalang qirqimi
III.BOB. DARYO HAVZASINING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINI ANILASH 3.1. Daryo havzasining morfometrik elementlarini aniqlash
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH Daryo deb, havzaga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yer usti va yer osti suvlari hisobiga to‘yinib, tabiiy o‘zanda oquvchi suv massalariga aytiladi
Daryolar suvi okeanlar, dengizlar yoki ko‘llarga kelib quyiladi. Ayrim hollarda esa turli sabablarga ko‘ra daryo suvi kamayib ketishi natijasida, ularga yetib bormasligi mumkin. O‘z suvini okeanlarga, dengizlarga va ko‘llarga quyadigan daryolar bosh daryo deyiladi. Bosh daryolar qanday suv havzasiga quyilishiga bog‘liq holda ikki guruhga bo‘linadi:
1. Okean daryolaribunday daryolar okean yoki okean bilan tutash bo‘lgan dengizlarga quyiladi. Masalan, Amazonka, Amur, Don, Dunay, Lena, Nil va hokazo.
2. Kontinent daryolariberk havzalardagi dengiz yoki ko‘llarga quyiladi yoki ulargacha yetib bormasligi mumkin. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo, Volga, Ural va boshqalar.
Bosh daryo va uning irmoqlari birgalikda qo‘shilib, daryo sistemasini tashkil etadi.
Daryolar ko‘pchilik hollarda ko‘llardan, buloqlardan, botqoqliklardan, muzliklardan, doimiy qorliklardan boshlanadi. Ma’lum bir hududdagi daryolar, ularning irmoqlari, buloqlar, ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar, doimiy qorliklar shu hududning gidrografik to‘rini hosil qiladi. Demak, daryo sistemasi gidrografik to‘rning bir qismidir.
Har qanday daryoni, uning uzunligi bo‘yicha, birbiridan farq qiladigan umumiy belgilariga qarab, quyidagi uch qismga-yuqori oqim, o‘rta oqim va quyi oqimlarga bo‘lish mumkin.
Tog‘ daryolarining yuqori oqimlari uchun nisbatan katta nishabliklar xos bo‘lib, shu tufayli suvning oqish tezligi ham ancha katta bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘zanda eroziya jarayonining jadal borishiga olib keladi.
Daryoning o‘rta oqimida uning nishabligi va suvning oqish tezligi kamayadi. Eng muhimi, daryoning suvliligi ortadi.
Daryoning quyi oqimida nishablik va suvning oqish tezligi yanada kamayadi. Bu qismda tezlik kamayishi natijasida oqiziqlar cho‘ka boshlaydi.