Mustaqil ish mavzu: suv rеsurslаridаn sаmаrаli


AHOLINI TOZA ICHIMLIK SUV BILAN TA’MINLASH



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145710
1   2   3   4   5   6   7
SUV RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI RАG`BАTLАNTIRISHNING MАVJUD TIZIMI

 
AHOLINI TOZA ICHIMLIK SUV BILAN TA’MINLASH 
Gigiyenik nuqtai nazardan toza suv hayot manbai, salomatlik hisoblanadi. 
Suv ovqat mahsulotlarini to'qimalarga tarqatishda, teri va nafas yo'llaridan bug' 
holatida chiqishi bilan ishtirok etadi. Suvni yoki chanqovni qondiruvchi 
ichimliklarni haddan tashqari ko'p ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, 
ajratish a'zolarining faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda ognazmning teri 
satxidan ko'p miqdorda suyuqlik ajraladi, bu bilan bir qatorda, ter bilan 
organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar chiqib ketadi. 
Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun 
mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi. 
Atrofdagi havo harorati baland bo 'lib turganida 4-5 litrcha suv ter bilan birga teri 
orqali chiqib ketadi, normal haroratda teri orqali 300-400 ml suv ajralib chiqadi. 
Tashqi muhit harorati va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab, bir kecha-kunduzda 
buyrak orqali 0,5 l dan 2,5 l gacha suv ajralib chiqadi. Yo'qotilgan suv miqdorining 
ortib borishi bilan odam o'zini yomon xis qila boshlaydi. Organizm tarkibidagi 
10% suvni yo'qotish modda almashinish jarayonlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Havo 
harorati 300 C va undan yuqori bo'lganda 15-20 % suvning organizmdan chiqib 
ketishi esa o'limga olib kelishi mumkin.
Suvning yuqumli kasalliklar tarqalishidagi roli. Suv ichburug', gepatit, qo'rin 
tifi, paratif, diereya kasalliklarining sababchisi bo'lishi mumkin. Keyingi yillarda 
ichak kasalliklari ko'plab tarqalmoqda. Bunda viruslarning roli katta. Sariq 
kasalligi, poliomiyelit va boshqa kasalliklarning kelitirib chiqaruvchi viruslar 
suvda uzoq vaqt yashaydi. Tarixiy ma'lumotlardan ma'lumki, ilgarilari suv orqali 
tarqalgan yuqumli kasalliklardan juda ko'plab odamlar qirilib ketgan. Yaqin 20-30 
yil ichida ham turli epidemiyalar tarqalgani guvohimiz. Masalan, 1972-yilda 
Meksikada ich terlama bilan 10 000 ga yaqin kishi og'ridi, shu davrning o'zida 
ichburug' kasalidan 15 000 kishi xalok bo'ldi. Qizig'i shundaki, ichak kasalliklarini 


kelitirib chiqaruvchi mikroblar tashqi muhit omillari ta'sirida o'z xususiyatlarini 
o'zgartirmoqda. 
Suvning noinfeksion kasalliklar tarqatishidagi roli. Tabiiy suv tarkibida 
insonlar, jonivorlar, turli o'simliklar hayoti uchun zarur bo'lgan biologik 
mikroelementlar 
mavjud. 
Inson 
salomatligi 
uchun 
kichik 
miqdorda 
mikroelementlar (mis, rux, yod, marganets, molibden, kobalt, temir va boshqalar) 
zarur. Kalsiy, kaliy, natriy, fosfor organizm hayot faoliyati uchun juda zarur. Agar 
organizmga sutkasiga 120-200 mkg yod mikroelementi tushmasa, odam buqoq 
kasaliga uchrashi mumkin. Organizm sutkasiga 70 mg yodni ovqatlar bilan, 40 mg 
sini go'sht mahsulotlari orqali, 5 mg ni havo va 5 mg ni suv orqali qabul qiladi. 
Demak, organizmda yod yetishmasligiga sabab faqat yodning suvda yemas, balki 
o'sha regiondagi tashqi muhit obhyektlari tarkibida yetishmasligi ham ekan. Suv 
tarkibini o'rganishda uning qattiqligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Suvning 
qattiqligi 1 litr suvdagi kalsiy va magniy tuzlari miqdoriga qarab aniqlanadi. 
Odatda, qattiq suvda sovun yaxshi ko'pirmaydi, suv qaynatilganda idishda tuz 
qatlamlari paydo bo'ladi, go'sht yaxshi pishmaydi. Suvning qattiqligiga faqat kalsiy 
va magniy tuzlari yemas, balki yana boshqa elementlar o'rtasidagi koorelyativ 
bo'g'lansh ham sabab bo'lishi mumkin ekan. Suvning qattiqligi oganizmda turli 
tosh kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Xorazm va Qoraqolpog'iston 
viloyatlaridan olingan ma'lumotlarga qaraganda, odamnlarning siydik qopida, 
buyragida va o't qopida paydo bo'layotgan toshlarga asosan Amudaryo suv 
havzasidagi suvlarning qattiqligi sabab bo'lmoqda. 
Suv tarkibidagi mikroelementlar. Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelement 
borligi aniqlangan. Bunday elementlar odam orgnizmida, o'simlik to'qimalarida, 
xayvonlarning a'zo va to'qimalarida uchrashi mumkin, ammo ular juda oz 
miqdorda bo'ladi. Mikroelementlarning odam salomatligini saqlashdagi roli juda 
katta. Ularning 20 ga yaqini organizm ehtiyoji uchun ayniqsa zarur. Yod, ftor, 
molibden, mis, temir va boshqalar shular jumlasidan. 
Ftor odam organizmi uchun juda zarur. Uning 10-80% i organizmga suv 
orqali tushadi. Bir litr suv tarkibidagi ftor miqdori 2-8 mg ga yetganda odam va 
hayvonlarning tish emalida turli o'zgarishlar paydo bo'lishi mumkin. Suyaklarda 
ham o'zgarishlar paydo bo'ladi. Bu flyuoroz deb ataladi. Ftor elementining suvda 
kam bo'lishi yoki organizmga ovqat bilan yetarli miqdorda tushmasligi karies 
paydo bo'lishiga olib keladi. Ftor miqdorining suvda kam yoki ko'p bo'lishi 
organizmga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 950-2011 raqamli davlat standarida ftorning 1 
litr suvdagi ruxsat yetilgan miqdori 4, iqlimli regionlarda 0,7-1,5 mg deb qabul 
qilingan. 
Stronsiy. Ba'zi regionlarda artezian suvlarida bu element miqdorining ko'pligi 
aniqlangan. Bunday suvlarni iste'mol qilish natijasida bolalaraning suyak to'qimasi 
shikastlanadi, tishlari vaqtida chiqmaydi, miyaning yumshoq qismi tez 
suyaklanmaydi. Unda gormonal buzilishlar kuzatiladi. Aholini toza ichimlik suvi 
bilan ta'minlash maqsadida suv manbalari juda sinchkovlik bilan tekshiriladi. 
Birinchi navbatda tanlanadigan suv manbalari Davlat standarti 950-2011 «Ichimlik 
suvi» talablariga sifat jihatdan to'g'ri keladigan yoki yaqinroq keladigan bo'lishi 
lozim. Bunday talabga faqat yer qatlamida chuqur joylashgan va yuqori bosimga 


ega bo'lgan suvlar javob beradi. Mabodo, shunday suv manbalari topilmasa, uning 
debiti yetarli bo'lmasa yoki sanitariya talabiga javob bermasa, u holda bosimi 
bo'lmagan qatlamlararo yer osti suvlari qidiriladi. Yuza joylashgan suv manbalari 
juda zarur hollarda tanlanadi. Har qanday holatda ham, agar tanlangan suv 
manbalaridagi suvning sifati gigiyena talabiga javob bermasa, unday suvlar 
maxsus inshootlarda qayta ishlanadi. 
Qayta ishlanib aholiga uzatilayotgan suvga Davlat siandarti 950-2011 
«Ichimlik suvi» bo'yicha talablar qo'yiladi. DavST 950-2011 ichimlik suviga 4 
talabni qo'yadi. 
Ichimlik suvi epidemiya xavfini tug'dirmasligi zarur. 
Kimyoviy jihatdan zararsiz bo'lishi kerak. 
Ichimlik suvining organoleptik xossalari yoqimli bo'lmog'i shart. 
Ichimlik suv har qanday sharoitda ifloslanishdan muxofaza qilinishi kerak. 
Davlat 
sanitariya 
nazorati 
olib 
borilayotgan 
vaqtda 
vodoprovod 
tarmoqlaridagi suvning hammasi Davlat standarti talabiga javob berishi kerak. 
950-2011 raqamli Davlat standarti bo'yicha ichimlik suvining bakterial 
jihatdan tozaligini ko'rsatuvchi belgilar quyidagicha bo'lishi kerak. 
№ Ko'rsatkich nomi Me'yori 
1. Koli-indeks 3 dan ko'p emas 
2. Koli-titr 300 ml dan kam emas 
3. Umumiy mikroblar soni 100 dan ko'p emas 
Koli-indeks - 1 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soni. 
Koli-titr - 1 litr suvdagi 1 ta ichak tayoqchasiga to'g'ri keladigan toza suv 
miqdori.
Umumiy mikroblar soni - 1 ml suvni endo muhitiga ekib, 24 soatga 370 C 
haroratga termostatga qo'yilgach o'sib chiqqan mikrob koloniyalari soni. 950-2011 
raqamli Davlat standarti bo 'yicha suvning organoleptik xossalariga ta 'sir qiluvchi 
ko 'rsatkichlar me 'yori 
№ Ko'rsatkichlar Me'yori (mg/l) 
1 Vodorod ko'rsatkichi 6,0-9,0 
2 Temir (Fe) 0,3 
3 Suvning umumiy qattiqligi 7,0mgekv/l 
4 Marganets (Mn) 0,1 
5 Mis (Cu) 1,0 
6 Qoldiq polifosfatlar (PO3-4) 3,5 
7 Sulfatlar (SO4) 500,0 
8 Xloridlar (Cl-1) 350,0 
9 Quruq qoldiq 1000,0 
10 Rux (Zn) 5,0 
Organoleptik ko 'rsatkichlar deb - odam o'z sezgi a'zolari bilan aniqlay 
oladigan ko'rsatkichlarga aytiladi. Odam xech qanday apparat va uskunalarsiz o'z 
sezgi a'zolari yordamida suvning xidini, ta'mini, rangini, loyqaligini aniqlashi 
mumkin. 
Suvning ta 'mi va mazasi 5 balli shkala yordamida aniqlanadi: 
0 ball - sezilmaydi; 


1 ball - iste'molchi tomonidan aniqlanmaydi, lekin tajribali tekshiruvchi 
aniqlay oladi; 
2 ball - kuchiz; iste'molchiga aytilgan holdagina sezilishi mumkin; 
3 ball - sezilarli; iste'molchi aniqlay oladi va bu unga yoqimsiz bo'ladi; 
4 ball - yaqqol seziluvchi; darhol seziladi va suvni ichishga yaroqsiz qilib 
qo'yadi; 
5 ball - juda kuchli; suvni umuman ichib bo'lmaydi. 
№ Ko'rsatkichlar Me'yori 
1 200 C da suvning xidi 2 ballgacha 
2 200 C da suvning mazasi 2 ballgacha 
3 Suvning rangi 20 0C gacha 
Suvning loyqaligi standart jadval bo'yicha 1,5 mg/l gacha 
Umuman olganda, 950-2011 raqamli Davlat standarti «Ichimlik suvga 
gigiyenik talablar va suv sifatini nazorat qilish» to'g'risidagi hujjat sog'liqni 
saqlashning asosiy qonunlaridan biridir. 
Suv havzalarini ifloslantiruvchi manbalar. Suv havzalarini ifloslantiruvchi 
manbalar quyidagilar: 
- kanalizasiya suvlari; 
- sanoat korxonalarining chiqindi oqava suvlari; 
- yomg'ir, qor va daryo yaqinida joylashgan turar-joylarning oqava suvlari; 
- neft mahsulotlari tashuvchi kemalarning chiqindi suvlari; 
- daryolardan qum olish uchun uni tozalash; 
- kanop va boshqa o'simliklarni ivitish natijasida paydo bo'ladigan chiqindi 
suvlar; 
- suvda suv o'simliklarini va xayvonlarni o'lishi; 
- yog'ochlarning oqizilishi; 
- shudgorlar va fermalarning oqava suvlari va boshqalar. 
Shuni qayd qilish kerakki, neft mahsulotlari, og'ir metallar, kislota va 
ishqorlar yeng xavfli mahsulotlardir. 
Shahar kanalizatsiya tarmoqlariga tushiriladigan chiqindi suvlarning yeng 
xavflisi sil kasalliklari shifoxonalarining chiqindi suvlaridir. Jamoa hammomlari, 
kimyoviy tozalash fabrikasining chiqindi suvlari va ba'zi bir kommunal xo'jalik 
chiqindilarining shahar kanalizatsiya tarmoqlariga tushirilishi muhim ahamiyatga 
ega. Ammo tarkibida zaharli moddalari bo'lgan, havo, gaz chiqaruvchi , biologik 
tozalash inshootlariga zarar yetkazuvchi chiqindi suvlar shahar kanalizatsiya 
tarmoqlariga tashlanmaydi. 
Suv havzalarini o'z-o 'zini tozalash jarayoni. Suv havzalari o'ziga xos 
xususiyatga ega bo'lib, unda vaqt-vaqti bilan o'z-o'zini tozalash jarayoni sodir 
bo'lib turadi. Bunda quyosh nuri ta'sirida organik moddalar parchalanib, mikroblar 
qirilib turadi. O'z-o'zini tozalash jarayonida bakteriyalar, bir hujayrali xayvonlar
mog'orlar, suv o'simliklar faol qatnashadi. Bu jarayonda ayniqsa chiqindi 
suvlarning suyultirishi katta ahamiyatga ega. Shuni aytib o'tish kerak-ki, suvning 
fizik va kimyoviy xususiyatlari, bakterial ifloslanishi va boshqalar ma'lum vaqtda, 
ma'lum masofada sekin-asta o'zgarib, o'zini-o'zi tozalash imkoniga ega bo'ladi. 
Agar chiqindi suvlar miqdori daryo suvidan ko'p bo'lsa, suvdagi kimyoviy 


moddalar konsentratsiyasi normadan oshib ketsa, organik moddalar miqdori ko'p 
bo'lsa, bakteriyalarning soni normadan oshib ketsa, suv o'z-o'zini tozalay olmay 
qoladi. Suv iqlim sharoitiga qarab 2-6 kunda o'z holiga qaytishi mumkin. Ammo 
keyingi vaqtlarda daryo va kanal suvlarining, ayniqsa kichik ariq suvlarining 
boshdan oxirigacha ifloslanishi kuzatilmoqda. Masalan, Toshkentdagi Salor suvi
Farg'ona vodiysidagi Marg'ilonsoy, Zarafshon daryosi va boshqalar haddan 
tashqari ifloslanib ketgan. Suv havzalaridagi suvga qo'shimcha ifloslik tushmasa 
24 soat ichida 50% atrofida bakteriyalardan o'zini o'zi tozalashi mumkin. 48 
soatdan so'ng esa hammasi bo'lib 0,5% mikrob qoladi. Qish kunlarida esa suvning 
bakteriyalardan tozalanishi 150 soatda ham tugamaydi. Shu sababli chiqindi suvlar 
avval tozalash inshootlaridan o'tkazilib, so'ngra suv havzalariga tashlanadi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin