5-slayd
DINLARARO BAFRIKENGLIK FOYASI
DINLARARO BAFRIKENGLIK - xilma-xil diniy ehtiqodga
ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va
niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.
Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida
mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol
yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog’liq
T urli konfessiyalarning
teng huquqliligi
|
|
Diniy ehtiqod
erkinligi
|
|
|
|
Turli konfessiyalarga
hurmat bilan qarash
|
|
Vijdon
erkinligi
|
|
|
|
|
|
Diniy qadriyatlarni
hurmatlash
|
O’zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o’tish davrida diniy bag’rikenglik qanchalik muhim bo’lsa, diniy bag’rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g’oyalari, o’z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag’rikenglik g’oyasini to’g’ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni ehtiqodidan qathiy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hech qanday o’rin qolmaydi.
Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat SHarq emas, balki, Farb tsivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga ehtiqod, anhana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o’zida aks ettiradi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo’yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O’rta Osiyo yeparxiyasi, Yevangelg’ xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim katolik cherkovi, To’liq injil xristianlar markazi, O’zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta Krishnanani anglash jamiyati va 13 ta diniy o’quv yurti (1 ta Islom masjidi, 10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to’liq injil xristianlari seminariyasi) davlat ro’yxatidan o’tgan.
O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida qo’llash mumkin bo’lgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning tahminlangani, qolaversa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.
Dunyodagi musulmon mamlakatlarini 3 guruhga bo’lish mumkin:
Islom mamlakatlari.
Islom davlat dini mamlakatlari.
Huquqiy demokratik musulmon davlatlari (Din davlatdan ajratilgan) O’zbekiston ana shu 3-turdagi huquqiy demokratik musulmon davlatlari qatoridan joy olgan. Davlatimiz diniy tashkilotlar bilan quyidagi tamoyillar asosida ish olib bormoqda:
1. Dindorlarning diniy tuyg’ularini hurmat qilish.
2. Diniy ehtiqodlarini fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish.
3. Diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni taqib qilishga yo’l qo’ymaslik.
4. Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo’llarini izlash zarurati.
5. Dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini ehtirof etish kabilardir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, milliy bag’rikenglik - turli millatga mansub kishilarning bir-birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va anhanalarini, milliy-madaniy merosini hurmat qilishni, ularning shahni, qadr-qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bag’rikenglikni) anglatadi. Milliy bag’rikenglik bunga zid bo’lgan, milliy manfaatga ziyon yetkazish hisobiga tahminlanmaydi. U turli millat manfaatlarini uyg’un ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: |