Ikkinchidan, bu qora guruhlar Qirg’istonda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham mahalliy va markaziy hokimiyatning zaifligini ko’rsatadi. Qirg’istondagi voqealarning kelib chiqishiga bo’lgan ikkinchi sabab, bu hokimiyatning zaifligi. Bu yerda sabab va oqibatning mantiqiy bog’liqligi mavjud. Gruziya va Ukrainaga nisbatan gapini takrorlaydigan bo’lsam vaziyatga tashqaridan aralashish deb ataladigan omillar dastlabki ikkita sabab ish bergandagina samarali bo’lishi mumkin. 1) aholining noroziligi, 2) hukumat tomonidan xalqning ahvolini anglash, korruptsiya botqog’iga botib qolishi sabab bo’lgan.
Uchinchidan, Andijondagi jangarilarning orasida qo’shni davlatlardan kelganlar ham bor, chetdan yordam bo’lmasa, homiylari moddiy yordam ko’rsatmasa ular hech qachon bunday chuqur tayyorgarlik ko’rmagan bo’lardi.
To’rtinchidan, jangarilar Andijon xalqi aholisi bizlarni qo’llab-quvvatlaydi deb o’ylashgan. Ular mahmuriyatni egallash, odamlani, xalqni qo’zg’otishga chaqirish bo’lgan.
Beshinchidan, jangarilarning asosiy niyati shunday vaziyatlardan foydalanib, viloyatda xalq saylagan konstitutsion hokimiyatni ag’darish, xalifalik degan hokimiyatni o’rnatish edi. SHundan so’ng Prezident Rossiya, Yuriy CHernogaev, "Frans-pressligi" va boshqa jurnalistlar savolariga javob berdi.