Abu
Nasr
Forobiy yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g’oyasini
jamiyatning asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib
chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg’unlashtirish esa adolat tuyg’usini
shakllantirishini ta’kidlagan edi. SHarq mutafakkiri Konfutsiyning g’oyalarini davom etirgan
holda Forobiy adolatning yuksak tushunchasi insoniyatning mahrifiy davriga to’g’ri kelganligini
ta’kidlaydi. Bu davrda xususiy mulk o’rnatiladi va u kishilarning o’zaro tengsizligini keltirib
chiqaradi. SHunisi muhimki, teng
taqsimlashni
ifodalagan
adolat tushunchasi endi mulk
tahsirida tengsizlikni ifoda eta boshlaydi. Bu tushunchaning o’zi xususiy mulkni o’rnatishda
ishtirok etadi.
Demak, adolat to’g’risidagi tasavvurlar insoniyatning oddiy egalitarizm, ya’ni
barcha
baravar
bo’lgan holdagi darajasidan yuqori ko’tarila borishi
natijasida yanada to’laroq
shakllana borgan. Tenglashtiruvchi qoida bo’lgan, zo’rlikni aks zo’rlik bilan muvofiqlashtiruvchi
vosita sifatida dahvolar tengligini o’rnatib kelgan adolat tushunchasi xususiy mulkka asoslangan
jamiyatda
yangicha mazmun kasb eta boshlagan. Endi jamiyat ijtimoiy munosabotlarni
muvozanatga keltirishning yangi tizimiga muhtojlik seza boshladi. Yuz bergan ulkan ijtimoiy
o’zgarishlar kishilar
ongida, dunyoqarashida, siyosiy-huquqiy fikrda, axloqiy
normalarda
ijtimoiy adolat g’oyasining uzil-kesil shakllanishiga olib kelgan. Bu haqda SHarqning boshqa
bir mutafakkiri – Abu Ali ibn Sino qiziqarli fikrlarni bayon qilgan. Uning fikricha, o’zaro
bog’liqlik va almashuv jarayonida insonlar bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etadilar.
Buning uchun insonlar o’rtasida o’zaro kelishuv zarur bo’lib, bu kelishuv tufayli adolat
qoidalari va qonunlari o’rnatiladi.
Ijtimoiy hayotda adolatparvarlikni qathiy turib himoya qilgan tahlimotlardan biri tasavvuf
falsafasidir. Tasavvuf
namoyondalari boshqa sharq mutafakkirlari singari
o’z
umidlarini
mahrifatli va odil shohga bog’laydilar, u orqali barcha ijtimoiy illatlarni bartaraf etish mumkin,
deb hisoblaydilar.
Tasavvuf namoyondalari hokim va xalq, shoh va saltanat munosabatlarida donolik bilan
adolatli ish tutish, davlatni adolatli qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning
33
Қarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning
to’qqizinchi sessiyasidagi (2002 yil 29-30avgust) mahruzasida bayon etilgan asosiy vazifalar va qoidalarni keng
yoritish bo’yicha tashkiliy-mahrifiy tadbirlar Dasturi. –T.: O’zbekiston, 2002. B.10.
68
xalq tomonidan qo’llanishi kabi ijtimoiy muammolarni
ko’taradilarki, bu xalqparvar tuzum
ideallarini ulug’lashtirdi.
Tasavvufning ko’pgina namoyondalari shohlar, hokimlar, amaldorlardan adolatni kutib
o’tirmay, o’z amaliy
faoliyatlarida unga amal qilish bilan o’rnak bo’lganlar. Hasan Bariy,
Abdulla Ansoriy, Abdulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher
Navoiy, Xo’ja Ahror Valiy, Mahdumi Ahzam Kosoniy ko’pincha
shoh va hokimlar
adolatsizliklariga
qarshi chiqib, mazlumlarni
dadil
himoya qilganlar, haqiqat uchun
kurashganlar.
SHarq mutafakkirlari
adolatni asoslashda
lirik-ruhiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan
yondashganlar. Zero, sharqona jamiyatlarda azaldan adolat tushunchasiga hamohang tarzda
«haq», «mehyor», «haqiqat», «burch» tushunchalari qadrlanib kelingan. SHuningdek, jamoa
manfaati, oiladagi tartib-intizom, ehtiqod va ma’naviylik yuqori baholangan.
G’arb mutafakkirlari esa ko’proq huquqiy, amaliy, kundalik hayot muammolari nuqtai
nazaridan fikr yuritganlar. SHuning uchun ham sharqdagidan ancha farqli tarzda «erkinlik»,
«teng huquqlilik», «erk» tushunchalariga ko’proq darajada ahamiyat berilgan. SHu bilan birga
individualizm, individning tartib-intizomi, huquq adolatga olib boruvchi vositalar sifatida
qadrlanadi, ma’naviylikdan ham ko’ra ratsionalizm mustahkam o’ringa ega bo’lgan.
Darhaqiqat, O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan
fuqarolik jamiyatini barpo etishda
adolat omili muhim o’rin tutadi. SHu mahnoda
adolat
tushunchasi, uning erkinlik, demokratiya va barqaror taraqqiyot g’oyalari bilan mushtarak
jihatlari bugungi kunda ham zamonaviy mazmun kasb etmoqda.
Lekin tarixan oladigan bo’lsak, ijtimoiy adolat g’oyasi insoniyatning butun tarixi orqali
o’tib kelgan. SHu bilan birga jamiyatni adolatli tashkil etish
orzusi va uning
hayotdagi
haqqoniy mavjudligi o’rtasida doimo ziddiyat bo’lib kelgan. SHunga qaramay uni «naqd qilib
qo’yishga» urinish to’xtamagan. SHu nuqtai nazardan insoniyat tsivilizatsiyasining butun tarixi
ijtimoiy adolatni kengaytirish tarixi hamdir. Albatta, sharq va g’arb jamiyatlaridagi bu kabi
qadriyatlar bir-biriga
zid emas, ular o’zaro uyg’unlikda umuminsoniy qadriyat darajasida
jamiyat hayotida ijtimoiy adolat qoidalarining barqaror bo’lishiga xizmat qiladi. SHarq va g’arb
anhanalarida asrlar davomida shakllanib kelgan bu kabi tushunchalar hamda
qadriyatlar
mustaqillik davrida jamiyatimizda umuminsoniy g’oyalar sifatida qayta shakllanishi shu jihatdan
katta
ahamiyatga ega. Zero, bu jamiyatimizda insonparvarlik, birdamlik, inson erki va
mashuliyatini, manfaatlar uyg’unligi, qonun ruhi va demokratiya qadriyatlari asosida amalga
oshirishga va shu tariqa ijtimoiy adolatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |