O’zbekiston Respublikasining Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga jamiyat
va davlat qurilishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat
notijorat tashkilotlari huquqlarini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun
davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli
normalar kiritilishi fuqarolik jamiyati barpo etilishining asosi bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.
SHu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlarining quyidagi masalalar yuzasidan ham
faol ishtirokining asoslarini ko’zda tutuvchi qonun hujjatlari majmuini ishlab chiqish lozim:
1.
sog’liqni saqlash masalalari;
2.
atrof-muhitni
muhofaza
qilish
masalalari.
Bu
sohada
nodavlat
notijorat
tashkilotlarining roli va o’rnini belgilab beruvchi “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonun
loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish kerak.
3.
aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari;
4.
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo’llab-quvvatlash masalalari;
5.
katta sotsial ahamiyatga molik boshqa masalalar.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, mamlakatimizning hozirgi taraqqiyotida fuqarolik
jamiyati
institutlari
rolini
yanada
kuchaytirish
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirish,
demokratlashtirish va mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo’yicha
qo’ygan maqsadlarimizga yetishishda hal qiluvchi omil bo’lib qoladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining tabiatni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini
amalga oshirishda ekologik nazorat muhim o’rin tutadi. Ekologik nazoratni amalga oshirish
jamoat tashkilotlari ekologik funktsiyasining tarkibiy qismidir. Ekologik-huquqiy mexanizmning
ushbu funktsiyasi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish
borasida jamoat tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishning zaruriy elementi sifatida yuzaga
kelgan.
Ekologik nazoratning maqsadlari ekologik xavfsizlikni ta’minlash xo’jalik yoki boshqa
faoliyatning inson hayoti va sog’lig’iga, atrof muhitga zararli tahsir ko’rsatishining oldini olish
hamda bartaraf etishdir. Ular turli tashkiliy-huquqiy usullar bilan amalga oshiriladi. Quyidagilar
shular jumlasiga kiradi: atrof tabiiy muhit hamda uning alohida ob’ektlarining holatini kuzatib
borish; atrof muhitni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi
tadbirlarning bajarilishini tekshirish va umumlashtirish; ekologik qonunchilik normalari va
talablarining ijrosini tekshirish; yuridik va jismoniy shaxslar yuritadigan ekologik zararli
faoliyatning oldini olish, cheklash, to’xtatib qo’yish hamda tugatish yo’li bilan ekologik zararli
faoliyatning oldini olish va uni baholash; tabiatdan maxsus foydalanish litsenziyalarida
(ruxsatnomalarida), shartnomalarda aytib o’tilgan shartlarning bajarilishini tekshirish va
85
litsenziya berish; ekologik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan
mahmuriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo’llash.
Ekologik nazorat ob’ektlari nuqtai nazaridan jamoat tashkilotlarining ekologik nazoratini
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) atmosfera havosini muhofaza qilish;
2) yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish;
3) suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
4) o’rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish.
Ekologik nazoratning maqsadlari hamda vazifalari atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish borasidagi davlat funktsiyasining umumiy vazifalariga
hamohangdir. SHu bilan birga, ekologik nazorat ob’ektlari, shakllari va usullari o’ziga xos
jihatlarga egadir.
SHuningdek, sog’liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini, ayniqsa, yoshlarni
ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo’llab-quvvatlash va shu kabi katta
sotsial ahamiyatga molik boshqa masalalar bo’yicha muhim davlat dasturlarini amalga
oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asosini yaratib beradigan qonun
hujjatlari majmuasini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |