shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat istehmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining ting
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»
15
deb belgilab
qo’yilgan.
Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov: «Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, bozor
munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan
xulosaga kelganmiz. Barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl
maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»
16
, - deb
ta’kidlagan.
Erkin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm
bo’lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi
mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xil bo’lishida o’z ifodasini topadi. SHu
boisdan ham ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti o’z mohiyatiga ko’ra ko’p ukladli
iqtisodiyot
bo’lib, unda turli mulk shakllari va xo’jalik ukladlarining teng huquqligi,
muvozanatda bo’lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi
tahminlanadi.
Demokratik
jamiyatga
monand
demokratik
iqtisodiy
tamoyillar
erkin
bozor
iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o’z ifodasini topadi. 1) xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va
tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4)
raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) hukumat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi
(qarang: 9.1-chizma).
15
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2003. 11-bet.
16
Karimov I.A.. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O’zbekiston, 1998. 281-282-betlar.
|