Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


 - MAVZU. DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYoTNI



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/134
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#37107
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Topics 7 - 12 (1)

10 - MAVZU. DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYoTNI

LIBERALLASHTIRISH.

REJA:

1.

DEMOKRATIK 

JAMIYATDA 

IQTISODIY 

HAYOTNI

ERKINLASHTIRISH TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI.

2.

O’ZBEKISTONDA  IQTISODIY  HAYOTNI  ERKINLASHTIRISH

BOSQICHLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

3.

TADBIRKORLIK  VA  IQTISODIY  FAOLIYAT  ERKINLIGINI

TA’MINLASH – DEMOKRATIK JAMIYAT  RIVOJINING  ZARUR

SHARTI.

1. Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va uning

mazmuni

Iqtisodiyot  va  demokratik  jamiyatning  o’zaro  bog’liqligi. Iqtisodiy hayot kishilik

jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi.

Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik

nehmatlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. SHuningdek, ular taqsimlash, ayirboshlash va

istehmol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o’zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.

Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini

tashkil etadi va ularning rivojlanishiga tahsir ko’rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-

siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy tahsir etadi.

Sobiq totalitar, mahmuriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida iqtisodiy hayot soxta siyosat,

mafkuraviy maqsadlarga bo’ysundirilgan edi. Mafkura iqtisodiyotdan ustun bo’lib, uning

rivojlanish yo’nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-

kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi.

Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig’iga ega bo’lib, iqtisodiyotda yakka

hokimlikni o’rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan

mahmuriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, nimani, ya’ni qanday mahsulot va xizmatlarni

qancha miqdorda, qanday texnologiyadan foydalanib, kimlar uchun

ishlab chiqarishni

rejalashtirib, belgilab berar edi.

Jamiyat ahzolari ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish mulkdorlik

huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug’ullanish qonun bilan man etilgan edi.

Bunday faoliyat bilan shug’ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka

tortilar edilar.

Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli,

mehnat motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan edi. Pirovard natijada sobiq ittifoq

chuqur tanazzulga uchrab, tarqab ketdi.

Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida

ishlash, o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug’ullanish hamda shunga muvofiq

cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo’lish kabi demokratik

ijtimoiy-iqtisodiy

huquqlarini

amalga

oshirishni



faqat

ijtimoiy


yo’naltirilgan

bozor


iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.

Mustaqillikka erishgan O’zbekiston xalq turmush farovonligini, iqtisodiy faoliyat

tadbirkorlik erkinliklarini, eng muhimi, mulkdor bo’lish imkoniyatlarini tahminlaydigan ijtimoiy

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlatni va

fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.

SHuning


uchun

ham


O’zbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasida

«bozor


munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil


48


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin