2. Ustuvor yo’nalish – iqtisodits islohotlarni amalga oshirishda bundan buyon ham biznes,
jumladan, xususiy biznes uchun zarur bo’lgan barcha qulay sharoitlarni yaratishdan, davlatning
iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil kamaytirib borishdan iborat bo’lib qolaveradi.
3. Muhim ustuvor yo’nalish – xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlarni har tomonlama kuchaytirish.
4. Ustuvor vazifa – ish haqi miqdorini va aholi turmush darajasini izchil oshirib borishni
ta’minlashdan iborat.
5. Eng muhim ustuvor masala – bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal
rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini
oshirish muammolarini hal etishdan iborat.
6. Ustuvor vazifa – bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |