uyushmalari jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga sezilarli darajada tahsir o’tkazadilar. Ta’kidlash
joizki, ushbu institutning ijtimoiy jarayonlardagi tahsiri faqatgina mehnat munosabatlari bilan
chegaralanib qolmasdan, balki undan ham kengroq doiraga qaratilgan.
Kasaba uyushmalarining ijtimoiy yo’naltirilgan funktsiyalarining mohiyati quyidagilarda
jamiyatda inson qadr-qimmatini oshirish va mehnat odatlarini rivojlantirish.
Mamlakatimizda ijtimoiy voqelikning jadal surhatlarda rivojlanib borishi, jamiyatda olib
borilayotgan keng qamrovli islohotlar fuqarolik jamiyatining asosiy institutlarining yangi
Hozirgi kunda deyarli barcha jamoat tashkilotlari mamlakatni demokratik yo’nalishda
rivojlantirish, muayyan sohalar yuzasidan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish,
davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o’rnatish kabi masalalarga
o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida qaramoqdalar. Jamoat tashkilotlariga birlashgan
fuqarolar ular orqali o’zlarining turli xil manfaatlari va huquqlarini amalga oshirishni
ko’zlaydilar. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari oldiga fuqarolarning davlat ishlarini amalga
oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud qonunchilikka nisbatan ijobiy
munosabatlarini shakllantirish va shu orqali ularni qonunga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash
kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda.
vazifalarning qo’yilishi hamda yangidan-yangi muammolarning yuzaga kelishi o’z navbatida,
jamoat tashkilotlari faoliyat yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z-o’zidan uning o’zgacha
mohiyat kasb etishiga olib keladi. Binobarin, jamoat tashkilotlari bugungi kunda jamiyatni
demokratlashtirish va isloh qilish jarayonining ajralmas va zaruriy bo’g’iniga aylanib bormoqda.
Bunday sharoitda ularning funktsiyalari doirasi kengayib borishi hamda turli xil shakllarda
81
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida fuqarolik jamiyatining
muhim tarkibiy qismi hisoblangan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan biri –
mahallaning o’rni beqiyosdir. Mahalla – bu sharqona “demokratiya darsxonasi”. O’zbekistonda
fuqarolar yig’inlari va o’zini o’zi boshqarish organlari – mahallalarning soni 10 mingdan ortiqni
tashkil etadi. “Mahalla” so’zi arabcha “mahallun” so’zidan olingan bo’lib “joy”, “hudud”
mahnolarini
bildiradi.
O’zbekiston
davlat
mustaqilligiga
erishganidan
so’ng
mahalla
faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi. Bunda mahallalar hayoti bilan bog’liq ko’p masalalar
bilan bir qatorda mahalla oqsoqolini saylash tartiblari ishlab chiqildi. Fuqarolar yig’ini raisi
(oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi mamlakatimiz hayotida muhim o’rin tutadi. Bu
saylov demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o’tkaziladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o’zini o’zi boshqarish organlari (mahalla)ning o’rni
beqiyosdir. CHunki boshqa mamlakatlardan farqli o’laroq, mahalla instituti yurtimizda ming
yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa
sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida
xalqimizning urf-odatlari, anhanalari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati
sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko’rib turibmiz (2.5.3-rasm).
Mahalla o’zini o’zi boshqarish organlarining eng yorqin ko’rinishi, ayni paytda fuqarolik
jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olinganligi bilan ham o’zining yuksak mavqeiga ega.
Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish, davlat vazifalarini
jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ya’ni kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyatiga o’tish borasidagi ishlar izchil davom ettirib kelinmoqda.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini
yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko’lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari bilan o’zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Ushbu vazifani hal qilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonuniga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish yuzasidan taklifni ilgari surar ekan, bunda
mahallani aniq yo’naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va
oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada
kengaytirishga jiddiy ehtibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o’tdi. SHu bilan birga,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrg’ kuni bo’lib o’tgan qo’shma
yig’ilishidagi mahruzasida “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari
eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda
mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini tahminlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish taklif qilinadi.
Dostları ilə paylaş: