Birinchidan, fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti hisoblanadigan jamoat
tashkilotlarining birlamchi va asosiy funktsiyasi, ularning davlat hokimiyatini muayyan darajada
chegaralash, ya’ni davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirish ekanligini ehtirof etish joiz. Aytish mumkinki, jamoat tashkilotlarining roli aynan
demokratik jarayonlarning rivojlanish davrida uni qo’llab-quvvatlash va mustahkamlashda
ko’rinadi.
Ikkinchidan, mamlakatimizda jamiyatni demokratlashtirish va isloh qilish jarayonida
siyosiy partiyalar muhim funktsiyalarni amalga oshiradilar. Siyosiy partiyalarning asosiy
funktsiyasi alohida olingan fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirib,
ularni siyosiy manfaatlar majmuasi darajasiga ko’tarish, shuningdek, bu uyg’unlashgan
manfaatlarning jamiyat uchun bir xilda ahamiyat kasb etishini tahminlay olishdir.
Bugungi
kunda mamlakatimizda
faoliyat
yuritayotgan
siyosiy partiyalar
mavjud
konstitutsiyaviy huquq mehyorlari doirasida, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklariga
daxl qilmagan holda shakllanib kelayotgan siyosiy jarayonlar va munosabatlar tamoyillari
doirasida muqobil siyosiy yo’llarni ifoda etuvchi vosita sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Har
bir partiyaning o’z dasturi va maqsadlariga mos ravishda nazariy, mafkuraviy, siyosiy va
tashkiliy funktsiyalari bo’lib, ular partiya faoliyati va ichki hayotining ajralmas qismidir.
Dostları ilə paylaş: |