Buning sababi shundaki, biz demokratik davlat barpo etayotganimiz, fuqarolik jamiyati
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon ҳayot pirovard maqsadimiz.-T.: O’zbekiston, 2000. – 29-
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan ҳamkorlik yo’li. T. II. –T.:
8
asoslarini shakllantirayotganligimizdadir. Biz demokratik qadriyatlarni o’z hayotimizga joriy
etishda salmoqli natijalarga erishdik.
Demokratik parlamentning asosiy shartlaridan biri ko’ppartiyaviylik masalasidir.
Demokratik jamiyatda ko’ppartiyaviylik tizimi bo’lishi kerak. Ko’ppartiyaviylik, avvalo
jamiyatimizda o’z manfaat va qarashlaridan qathiy nazar har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning
maqsad va intilishlarini to’liq aks ettirishi kerak. CHunki hayot bor ekan kimdir o’z manfaatini
amalga oshirishga harakat qiladi. Har qaysi partiya - xalqning ma’lum qatlami manfaatlarini
ifodalovchi siyosiy kuch. Har bir inson o’ziga xos bir olam. Ikkita inson bir-biriga o’xshamaydi.
Xuddi shuningdek, siyosiy partiyalar ham o’z g’oyasi, maqsadi va vazifalari bilan bir-biridan
farq qilishi zarur. SHundagina jamiyatdagi xilma-xil qarash, manfaatlar aks etadi. Siyosiy
partiyalar xalqni, mamlakatni, millatni maqsad yo’lida birlashtirib turgan. SHu bois ular o’z
manfaatlarini himoya qilishda bir-biriga muxolifat bo’lishi mumkin. Yagona Vatan haqida gap
ketganda ular birlashishi kerak. Milliy istiqlol g’oyasi shunday birlashtiruvchi kuchdir. Har qaysi
partiyaning o’z elektorati - uni qo’llab-quvvatlaydigan ijtimoiy qatlam bo’lishi lozim. SHunday
bo’lmasa bu partiya haqiqiy siyosiy kuch bo’la olmaydi. Parlament saylovlari jarayonida siyosiy
partiyalar shakllandi. Saylovchilar endi duch kelgan odamga emas, o’z dastur va g’oyalarini
yoqtirgan partiyaga ovoz beradi. Bizda mintaqaviy partiyalar yo’q va bo’lmaydi ham, chunki
mamlakat bo’linib ketishi mumkin bo’ladi. Bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi, har qaysi partiya
umummilliy partiya sifatida faoliyat yuritishi, Markazda qolib ketmasligi kerak. Saylov –
demokratiya degani, Demokratiya – bu saylov degani. Har qaysi partiya saylov orqali o’z
tarafdorlarini aniqlaydi. Bo’lib o’tgan saylovlarda O’zLiberal-demokratik partiya g’alaba (34,2
foiz) qildi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, 2007 yil 11 aprelda O’zbekiston Respublikasining
Dostları ilə paylaş: