Fuqarolik jamiyati – demak, haqiqiy fuqarolardan, ya’ni uzviy bog’liqlikda bo’lgan
hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat
jamiyatdir. O’zbekiston «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» kontseptsiyasini ishlab chiqdi
va uni izchilik bilan amalga oshirmoqda. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishning quyi organi
bo’lgan mahallaning avvalo huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu Asosiy qomusimizning 105-
moddasida o’z ifodasini topgan. 1993 yil 2 sentyabrda «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish
organlari to’g’risida» qonun, 1999 yil 14 aprelda «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari
to’g’risida» qonunning yangi tahriri, 2001 yil 9 aprelda Oliy Majlis Kengashining
«Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga saylov o’tkazishni tashkil etish to’g’risida»gi
qarori qabul qilindi. 2000 yilga kelib O’zbekiston 10 mingdan ortiq, Toshkent shahrida esa 481
tadan ko’proq mahalla faoliyat yuritmoqda.
Dostları ilə paylaş: |