3. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – insonning yalpi huquqlari kafolat-lanadigan,
mafkuraviy plyuralizm tahminlanadigan jamiyat tuzilishi. Bunda har bir fuqaro, jumladan,
O’zbekiston fuqarosi o’z ixtiyori bilan fuqarolikdan chiqishi mumkin. Fuqarolikdan chiqmoqchi
bo’lganlar oldiga ma’lum shartlar qo’yiladi, ya’ni ular davlat, jamoa, fuqarolar oldida hech
qanday majburiyati, qarzdor yoki davlat va harbiy sirlardan voqif bo’lmasligi kerak. Agar
fuqarolikdan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan
bo’lsa yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo’lgan sud hukmi bo’lsa,
u fuqarolikdan vaqtincha chiqarilmaydi. quyidagi hollarda O’zbekiston fuqarosi fuqaroligini
yo’qotadi:
1) CHet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya
idoralariga yoki davlat hokimiyati idoralariga ishga kirsa.
2) CHet elda yashovchi O’zbekiston fuqarosi 5 yil davomida uzrli sababsiz konsullik
hisobida turmasa.
3) Fuqarolikni soxta hujjatlar taqdim etib olgan bo’lsa.
Fuqarolikdan chiqarish O’zbekiston Prezidenti vakolatiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |