Fuqarolik sudlarida buyruq tartibida ish yuritish


SIRTDAN FUQAROLIK ISHLARINI KO'RISH TUSHUNCHASI VA MOHIYATI



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə2/4
tarix29.03.2023
ölçüsü29,25 Kb.
#91154
1   2   3   4
buyruq tartibida ish yuritish va sirtdan ish yuritish

2. SIRTDAN FUQAROLIK ISHLARINI KO'RISH TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Amaldagi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini qabul qilgunga qadar sud amaliyotida fuqarolik ishlarini sirtdan ko'rib, hal qiluv qarorini chiqarish bo'lmaganini ta'kidlab o'tish joizdir. [Sirtdan ish ko'rish institutining kiritilishidan maqsad, fuqarolik protsessida tortishuvchilik tamoyilini qo'shimcha ravishda kafolatlanishini mustahkamlash, taraflarning harakat (harakat-sizligi) uchun javobgarlik darajasini oshirish, nizoli masalani hal etishni tezlashtirish, shuningdek, sudyalarning ixtiyorida bo'lgan ishlarni mazmun-mohiyatini yo'qotmasdan belgilangan vaqtda ko'­rib, hal etish bilan manfaatdor shaxslarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgandir.
Sirtdan hal qiluv qarorini chiqarish uchun ikki shart vujudga kelgan bo'lishi talab qilinadi. Birinchidan, javobgar qonunda belgi­langan tartibda sud majlisida ko'riladigan ish haqida xabardor qilingan bo'lishi va bu haqda ishda tegishli ma'lumot bo'lishi talab qilinadi. Bunday talab FPKning 224-moddasida berilgan, bu qoidaga ko'ra, sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, da'vogar e'tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko'rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda ko'rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi haqida ishda ma'lumot bo'lishi lozim. Sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritisfi tartibida ko'rilishi mumkin. Demak, bu qoida-ning mazmuniga ko'ra, sudya qanday sabablarga asosan javobgar sud majlisiga kelmaganlik sabablarini aniqlashi lozim, chunki bu masalalarni aniqlash sirtdan ish ko'rib, hal qiluv qarorini chiqarish uchun bog'liq bo'ladigan holatlardan biri hisoblanadi.
Agar sudga kelmaslik sabablari uzrli bo'lsa va sud bu haqda xa­bardor bo'lgan taqdirda, taraflar o'zlarining ishtirokisiz ish ko'-rishni iltimos qilmagan va sud majlisiga ikkinchi chaqiriq bo'yicha kelmagan bo'lishsa, sirtdan hal qiluv qarorini chiqarishga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenuminiag 1998-yil 17-apreldagi qarori 14-bandida sirtdan hal qiluv qarorini chiqarish uchun da'vogarning o'zi sirtdan hal qiluv qarorini chi­qarishga rozi bo'lmog'i talab qilinadi.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vaj va iltimoslarini hisobga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chi­qarilgan, deb aytiladi. Ish sirtdan ko'rilganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan da'voning asosi yoki predmeti o'zgartirilishi yoki da'vo talablarining miqdori ko'paytirilishi mumkin emas.
Sirtdan ish ko'rish bilan chiqariladigan hal qiluv qarori umumiy qoidalarga rioya qilgan holda chiqariladi. Bu to'g'rida FPKning 227-moddasida berilgan. Bu qonunda hal qiluv qarorining xulosa qismida chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko'rish mumkinligini, ariza berish muddati va tartibi ko'rsatilgan bo'ladi. Agar juqarolik ishlari umumiy asoslarda ko'rilganida hal qiluv qarorini qaror qilish qismidan norozi tarafga yuqori sudga shikoyat berish (prokurorga protest keltirish) huquqi ko'rsatilsa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorida esa shikoyat berish, protest keltirish yuqori sudga emas, shu ishni ko'rgan tuman (shahar) sudida qayta ко'rib chiqish huquqi berilgan.
Yuqorida keltirilgan qoidalarni rivojlantira borib, FPKning 229-moddasi ishda ishtirok etmagan da'vogar va javobgarlarga g'ayriqonuniy, asoslantirilmagan va adolatli chiqarilmagan hal qiluv qarorlari ustidan shikoyat qilish, prokurorga protest keltirish hu-quqini beradi. Norozi javobgar o'z noroziliginijj'n besh kun ichida hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin berish tartibi ko'rsatilgan.
Sirtdan ko'rilgan ish yuzasidan sudning chiqargan hal qiluv qaroridan norozi taraf uni qayta ko'rish uchun qonunda ko'r­satilgan tartibda ariza bilan tegishli sudga murojaat etganda FPKning 230-moddasida ko'rsatilgan qoidalarga amal qilishlari lozim. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko'rish haqidagi ariza taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko'rish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan sudga taqdim etiladi. Ariza berganlik uchun daylaL, boji to'lanmaydi. Su,d sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko'rish to'g'risidagi arizani qabul qilgandan keyin qator protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Jumladan, arizani ko'rish vaqti va joyi haqida taraflarni xabardor qiladi; ularga ilova qilingan tegishli materiallarning nusxalarini yubbrish masalalarini hal etadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, sirtdan hal qiluv qarorini qayta ko'­rish haqidagi ariza shu ishni ko'rgan tuman (shahar) sudi tomo-nidan hal etiladi. Arizalar qisqartirilgan muddatda, ya'ni g'n kun ichida sud majlisida ko'riladi. Bunday turdagi ishlarni umumiy mud-datlarga nisbatan qisqartirilgan holda belgilanishi, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko'rishni yana bir o'ziga xos xususiyatlari qatoriga kiradi.
Agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'ri­sidagi arizani ko'rish vaqtida sud taraflarning sud majlisiga kelma-ganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o'z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo'lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan dalillarni taqdim qilayotganini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko'rish tiklanishi lozim.
Demak, sud uchun sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish sabablariga javobgarning bemor bo'lishi, safarda bo'lishi, mehnat va boshqa ta'tillarda bo'lishi, xorijiy davlatlarga xizmat yoki boshqa ishlar bilan safarga ketishi, tabiiy ofat tufayli kela olmasligi va hokazolar kirishi mumkin.
Javobgar tomonidan sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish uchun sudga taqdim qilinadigan hujjatlari chiqarilgan hal qiluv qarorini mazmunini o'zgartirishga ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi talab qilinadi. Agar sud javobgarning taqdim qilgan dalillarini sud majlisiga keltirmaslik sabablarini uzrli deb topgan hollarda, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko'rish haqida ajrim chiqaradi. Ajrimda ishni mazmunan ko'rishning tiklanishi va uni FPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida ko'rib hal etilishi ko'rsatilishi lozim.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi FPKning 229, 236-moddalarida berilgan. Bu qonunga ko'ra, agar javobgar hal qiluv qarori yuzasidan, qarorni sirtdan chiqargan sudga o'n besh kun ichida shikoyat bermasa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, sirtdan ish ko'rilib, chiqarilgan hal qiluv qarorini qonuniy kuchga kirishida beriladigan shikoyat uchun muddatning qisqartirilishi bunday ish ko'rishning o'ziga xos xususiyatlaridan boiib, shaxs manfaatini himoya qilishga qaratilgandir.

  1. SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR VA ULARNING TASNIFI

FPKning XIX bobi sirtdan hal qiluv qarori chiqarish institutiga oid bo‘lib, ushbu bob FPKning 224–236-moddalarini o‘z ichiga oladi. Sirtdan ish yuritish deganda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilingan javobgarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi va da’vogar roziligi asosida ishni javobgarning ishtirokisiz ko‘rib hal qilish tushuniladi.
Sirtdan ish yuritishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlari quyidagilarda ko‘rinadi:

  • qonunda belgilangan tartibda javobgar xabardor qilinganligiga qaramay, javobgarning sud jarayonida ishtirok etmasligi;

  • javobgar ishtirokisiz ish ko‘rishga da’vogarning roziligi olinishi shartligi;

  • ish hujjatlarida javobgarning xabardor qilinganligiga oid hujjatlarning bo‘lishi shartligi;

  • sirtdan ish ko‘rishga sirtdan ish yuritish haqidagi ajrim asosida yo‘l qo‘yilishi;

  • sirtdan ish yuritishda sud mavjud dalillar doirasida ishni ko‘rishi shartligi;

  • ish sirtdan ko‘rilganda da’voning predmeti yoki asosi o‘zgartirilishi yoki da’vo talablarining miqdori ko‘paytirilishi mumkin emasligi;

  • sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini uni chiqargan sud tomonidan javobgar arizasi asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi va sud tomonidan sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining bekor qilinishi;

  • sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqida shu sudga ariza berganlik uchun davlat boji to‘lanmasligi;

  • sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan taraflar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va prokuror protesti keltirilishi mumkinligida ko‘rinadi.

Sirtdan ish yuritishning ahamiyati shundaki:

  • Birinchidan, taraflarning sud oldidagi huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglashlariga imkoniyat yaratilishi;

  • Ikkinchidan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning mavjud protsessual tartibga rioya qilishlarini ta’minlash;

  • Uchinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning odil sudlovni amalga oshirishga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish;

  • To‘rtinchidan, vaqtni tejash, protsessual muddatlarga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Sirtdan ish yuritish jarayonida quyidagi protsessual hujjatlar chiqarilishi mumkin:

Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin