Fuqarolik tushunchasi. Yagona fuqarolik. Fuqarolikni belgilash asoslari − qon va tuproq huquqi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish



Yüklə 114 Kb.
səhifə1/5
tarix19.05.2022
ölçüsü114 Kb.
#58615
  1   2   3   4   5
7-МАВЗУ. Маъруза


7-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI.


REJA:

  1. Fuqarolik tushunchasi. Yagona fuqarolik.

  2. Fuqarolikni belgilash asoslari − qon va tuproq huquqi.

  3. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish.

  4. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligining to’xtatilishi.

  5. Fuqarolik to’g’risidagi ishlarni yurituvchi davlat organlari va ularning vakolatlari.

  6. Fuqarolar huquqlarini himoyalash.

Fuqarolik” tushunchasi. Yagona fuqarolik



Shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik muhim omil ekanligi e’tirof etilgan qoida.
Har qanday mamlakatda, jumladan, O’zbekistonda yashovchi aholining asosiy qismi O’zbekiston fuqarolaridan iborat bo’lib, aholining ma’lum qismi O’zbekiston fuqarosi bo’lmasligi mumkin. Ular O’zbekistonda turli sabablar bilan yashayotgan, ishlayotgan, o’qiyotgan, safarga kelgan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bo’lishi mumkin.
Shaxs ma’lum davlatga mansub bo’lsagina u fuqaro hisoblanadi. Bu tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.
1948 yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to’g’risidagi Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini oliy ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta’minlashga va muhofaza qilishga majburdirlar.
Fuqarolik – Konstitutsiyaviy institut. Uning asoslari Konstitutsiyada belgilangan.
Konstitutsiyaning VI bobi “Fuqarolik” deb nomlangan. O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo’lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi” (Konstitutsiyaning 21-moddasi).
Shu moddada fuqarolikka ega bo’lish va uni yo’qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, deb ko’rsatilgan. Shunga asosan, O’zbekistonda fuqarolik masalalari 2020 yil 13 martda yangi tahrirda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi qonun1 bilan tartibga solinadi. Qonunning 4-moddasida fuqarolikning huquqiy tushunchasi berilgan bo’lib, unga asosan, O’zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o’zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig’indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.
O’zbekistonda yakka fuqarolik o’rnatilgan, yakka fuqarolikning siyosiy ahamiyati ham katta. Fuqarolik shaxs bilan davlat o’rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik natijasida shaxs ma’lum huquq va erkinliklarga ega bo’libgina qolmay, ma’lum burchlarga ham ega bo’ladi. Natijada, shaxsning davlat oldidagi mas’uliyati oshadi.
Ma’lum mamlakatlarda yashovchi hamma kishilar, albatta, fuqaro deb qaralmasligi kerak, mamlakatda yashovchilar aholi bo’lishi mumkin. Aholi tarkibiga fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari ham kiradi. Ularning huquqiy holatida sezilarli tafovutlar mavjud. Shaxsning ma’lum davlatda yashashining o’zigina uni fuqaro deb hisoblashga asos bo’lmaydi, shaxs fuqaro bo’lishi uchun shaxs bilan davlat o’rtasida alohida munosabatlar mavjud bo’lishi kerak. Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabatlarining alohida tartibda amalga oshishini ta’minlaydi. Umumiy asosda davlat qonun yo’li bilan kim shu davlatning fuqarosi hisoblanishini, fuqarolikka ega bo’lish, uni yo’qotish asoslari va tartibini belgilab qo’yadi. Har bir shaxsning fuqaroligi alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. O’zbekistonda bunday hujjat shaxslarning pasportidir. Fuqarolik shaxs bilan davlatning barqaror munosabatlarini vujudga keltiradi.
Fuqaro va davlat munosabatlarini belgilashda xalqaro huquq normalari ham e’tirof etiladi. O’zbekistonda fuqarolikni quyidagicha xarakterlash mumkin.
O’zbekistonda yakka fuqarolik e’tirof etilgan. Konstitutsiya va qonunda bu mustahkamlangan. O’zbekiston fuqarolari O’zbekiston fuqaroligidan chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlarning fuqaroligini qabul qilishi mumkin emas va aksincha.
O’zbekistonda fuqarolik tenglikka asoslangan, ya’ni fuqarolikka ega bo’lish qanday asoslarda bo’lmasin (tug’ilish bilan bo’ladimi, keyinchalik fuqarolikka o’tganmi) ular hamma sohada tengdir.
O’zbekistonda fuqarolikka ega bo’lish ochiq va erkinlikka asoslanadi. Ya’ni O’zbekiston fuqaroligiga ega bo’lish uchun ortiqcha cheklovlar o’rnatilmagan. Fuqarolik to’g’risidagi Qonun, mamlakatda yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning borgan sari kamayishini nazarda tutadi.
Qonunning 6-moddasida 1995 yil 1 yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib doimiy propiskadan o’tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan va ushbu qonun kuchga kirgan sanaga qadar O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs istak bildirgan taqdirda, ushbu qonun bilan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi, deb belgilandi.
Hech kim o’z qarashlariga ko’ra fuqarolikdan majburiy ravishda chiqarilishi mumkin emasligining o’rgatilishi fuqarolikning muhim printsiplaridan biridir. Fuqarolikdan qarashlari, fikrlashiga qarab majburiy chiqarish Sovet tuzumida tez-tez qo’llaniladigan hodisa edi. Bu xalqaro hujjatlarga mutlaqo ziddir. Chunki ularda fuqarolikdan majburiy chiqarish ko’zda tutilmagan.
O’zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida yashayotgan vaqtlarida ularning manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinadi. Chet mamlakatlarda ham ular davlat homiyligida bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tenglikni kafolatlaydi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.
Konstitutsiyaga asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Ular O’zbekiston fuqaroligini olish uchun hech qanday harakat sodir etmaydi.
Bulardan kelib chiqib, O’zbekistonda fuqarolik quyidagi printsiplarga tayanadi, deyish mumkin:
- yagona fuqarolik, ya’ni ikki va ko’p fuqarolik tan olinmaydi;
- fuqarolikda tenglik printsipi mavjud;
- fuqarolikka ega bo’lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi;
- fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo’l qo’yilmaydi;
- O’zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mamlakat tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.


Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin