Har bir davlatning yustitsiya organlari o`z faoliyatlarini o`z mamlakatlari doirasidagina to`la hajmda amalga oshirishlari mumkin. Chet mamlakatlarda protsessual harakatlarning qaysi mamlakat hududida amalga oshirilishi lozim bo`lsa, faqat shu mamlakat davlatining roziligi bilangina va uning huquqiy tashkilotlari yordami bilangina amalga oshirishlari mumkin.
Chet davlat fuqarolari va yuridik shaxslari boshqa davlatning sud organlarida harakat qilishlarida shartnoma yoki bitimlar asosida huquqiy yordam oladilar.
Huquqiy yordam deganda shaxsiy va mulkiy huquq, oila va vorislik huquqi normalari, chet davlat fuqarolari yoki korxonalari va tashkilotlari ishtirok etayotgan ishlarning biron-bir tashkilotga yoki sudga taalluqli bo`lishligi, mulkiy nizolar hamda nomulkiy xarakterdagi ishlar bo`yicha huquqlarning tan olinishi va sud qarorlarining ijro etilishini tartibga soladigan normalar tushuniladi.