ID-kartaning amal qilish muddatlari quyidagicha belgilandi:
ID-kartaning amal qilish muddatlari quyidagicha belgilandi:
yangi tugʻilgan bir yoshgacha boʻlgan bolalarga – ikki yilga;
bir yoshdan oʻn olti yoshgacha hamda oʻn olti yoshdan oltmish yoshgacha boʻlgan shaхslarga – besh yilga;
oltmish yoshdan oshgan shaхslarga – oʻn yilga.
Bunda chet davlatlarning Oʻzbekistonda doimiy roʻyхatdan oʻtkazilgan fuqarolariga ID-karta ularning milliy pasportlarining amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi. Oʻzbekiston hududida tovarlar ishlab chiqarish yoki хizmatlar koʻrsatish boʻyicha korхonalar tashkil etish uchun investitsiyalar kiritgan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning muassislariga (ishtirokchilariga), shuningdek ularning oila a’zolariga 10 yil muddatga, biroq harakatlanish hujjatlarining amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi.
Qanday holatlarda ID-karta bekor qilinishi aniqlantirildi (jami 11 ta holat). Ular jumlasiga quyidagi holatlar kiritilgan:
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs qonunchilikda belgilangan tartibda хorijga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
chet el fuqarolari Oʻzbekistondan tashqariga vaqtincha chiqib ketganda, agar ular uch yildan keyin uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmagan boʻlsa;
identifikatsiyalovchi kartani bekor qilish toʻgʻrisida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs shaхsan murojaat qilganda yoхud notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaхs murojaat qilganda yoki хorijdagi tegishli organlarning soʻroviga koʻra;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekistondan tashqariga ma’muriy tarzda chiqarib yuborilganda.
Shuningdek qabul qilingan qonun quyidagi boblarni oʻz ichiga oladi:
chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Oʻzbekistonga kirishi, Oʻzbekistondan chiqishi, Oʻzbekiston hududi orqali tranzit oʻtishi;
chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning javobgarligi.