Futbol o’yin texnikasi va taktikasi. Reja: Harakatlanish texnikasi



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə14/18
tarix17.02.2022
ölçüsü40,31 Kb.
#52678
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Harakatsiz to’pni tepish. Boshlang’ich, jarima va erkin to’p tepish, burchakdan to’p tepishda, shuningdek darvozadan to’p tepishda o’yinchi harakatsiz yotgan to’pni tepadi. Zarba berishning barcha usullaridagi ijro texnikasining yuqorida zikr etilgan struktura xususiyatlari harakatsiz yotgan to’pni tepishga ham to’lig’icha taalluqli bo’lib, faqat taktik vazifalar qandayligiga qarab tayyorlov fazasida yugurib kelishning uzoq-qisqaligi va tezligi har xil bo’ladi.

Dumalab kelayotgan to’pni tepish. Dumalab kelayotgan to’pni tepishda ham zarba berish asosiy usullari va turlarining hammasi qo’llaniladi.

Bunday zarba berishdagi texnik harakatlar yerda harakatsiz yotgan to’pni tepishdagi harakatlardan farq qilmaydi. Asosiy vazifa o’z harakati tezligini to’p harakatining yo’nalishi va tezligi bilan muvofiqlashtirib olishdan iborat. To’pning quyidagi asosiy harakat yo’nalishlari bor: o’yinchidan nari ketish, o’yinchi ro’parasidan, yon (o’ng va chap) tomondan, shuningdek shu yo’nalishlar oralig’idan kelish.

Tayanch oyoqni yerga qo’yish, ya’ni kichik fazani qanday bajarishning xususiyatlari ana shu yo’nalishlarga qarab belgilanadi. O’yinchidan nariga dumalab ketayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pdan nariroq o’tkazilib uning yon tomoniga qo’yiladi. Ro’paradan dumalab kelayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pga yetib bormaydi. Agar to’p yon (o’ng yoki chap) chap tomondan dumalab kelayotgan bo’lsa, uni to’pga yaqinroq oyoq bilan tepgan ma’qul.

Hamma hollarda ham tayanch oyoqni to’pdan qancha oraliqda qo’yish to’pning harakat tezligiga bog’liq bo’lib, buni zarba berish harakati vaqtida to’p tayanch oyoq bilan tenglashib qoladigan qilib mo’ljallash kerak. Ana shu holat zarba berish uchun eng qulay hisoblanadi.




Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin