Futbol (inglizcha: football; foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .
Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan (10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini match, deb atalib, har biri 45 daqiqa davom etuvchi taymlardan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida jamoalar oʻrin almashishadi.
Bundan tashqari shunday futbol turlari borki, ulardagi oʻyinchilar soni kamroq boʻlishi mumkin — jumladan plyaj futboli (qumda oʻynaladi), mini-futbol (maxsus qoplamali zalda oʻynaladi), mahalla futboli (har qanday maydonda har qancha oʻyinchilar bilan oʻynaladi).
Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib boʻladi.
Futbol ikki darvoza (7,32 x 2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45—90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12—15 daqiqa tanaffus).

Futbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Cambridge universiteti oʻqituvchilari futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk futbol klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya futbol uyushmasi tuzilib, futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil futbol olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA tuzildi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan.
F utbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Cambridge universiteti oʻqituvchilari futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk futbol klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya futbol uyushmasi tuzilib, futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil futbol olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA tuzildi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda Qoʻqonda birinchi futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi.
1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18-mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (1996-yil 17-yanvar)gi qarorlari futboldagi yutuqlarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. Futbol klublari qoshida 18 ta futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2 000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, futbolga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan oʻrin olgan. Bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13 840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300 700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy futbolchilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan futbolchilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7 113 ta futbol maydoni mavjud, 460 658 kishi (ulardan 4 642 nafari ayollar) futbol bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek futbol i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi.
FIFAga koʻra futbolga oʻxshash va ilmiy dalillarga ega boʻlgan dastlabki oʻyin miloddan avvalgi 300-200 yillarda Xitoyda harbiy mashgʻulotlar uchun oʻtkazilgan cuju sport turi hisoblanadi[1][2]. Ikkita bambuk qamish bilan mahkamlangan, yung bilan toʻldirilgan charmdan yasalgan shar, 30-40 sm balandlikdagi qal’aga oʻtkazishni maqsad qilgan ushbu oʻyin; toʻpga qoʻl va qoʻllardan boshqa har qanday tana aʼzosiga tegish mumkin edi[1]. Bir necha asr oʻtgach, kemari deb nomlangan oʻyin Yaponiyada paydo boʻldi, unda ham cuju izlari boʻlib, milodiy 644 yilda paydo boʻlgan[3]. Cujudan farqli oʻlaroq, raqobatsiz oʻynaladigan kemarining maqsadi dumaloq maydonda oʻyinchilarning toʻpni oyoqlari bilan urib yurishlari va toʻpni yerga tushirmasdan bir-biriga oshirishlariga asoslangan edi[1]. Yevropada futbolga oʻxshash dastlabki oʻyin Qadimgi Yunonistonda oʻynagan episkiros deb nomlangan oʻyindir[1][4]. Tananing har bir aʼzosi bilan aloqa erkin boʻlgan oʻyinda oʻyinchilar ikki jamoaga boʻlingan va har bir jamoa toʻpni uzatish yoki otish yoʻli bilan raqib jamoa maydonining oxiridagi chiziqdan oʻtkazishga harakat qilgan. Shunga oʻxshash oʻyin keyinchalik Rim imperiyasida harpastum nomi bilan oʻynalgan.
Oʻrta asrlarda Yevropada toʻp oʻyini haqida birinchi maʼlumot IX asrga tegishli Nenniusning Brittonum tarixi asarida uchraydi. Uelsning shimoliy qismlarida yozilgan asarda toʻp oʻynayotgan bir guruh bolalar haqida soʻz boradi[6]. Angliyaning qoʻshni shaharlari yoki qishloqlari oʻrtasida oʻynaladigan olomon futboli deb nomlangan oʻyinda maqsad toʻpni raqib jamoaning shahar yoki qishlogʻidagi belgilangan hududga yuborish edi. Deyarli hech qanday qoidalar mavjud boʻlmagan bu oʻyinda oʻyinchilar chegarasi boʻlmagan va yuzlab odamlar ishtirok etishlari mumkin edi[7]. Ushbu voqealar paytida sodir boʻlgan chalkashlik va voqealarni sabab qilib, Qirol Edward II Futbol oʻyinini 1314-yil 13-aprelda taqiqlangan. Bu taʼqiq keyinchalik hukmdorlar tomonidan davom ettirilgan va mamlakatda futbol oʻynash 300 yil davomida taʼqiqlangan[8][9]. Angliyadagi futbol guruhiga oʻxshash oʻyinning mavjudligi Fransiyada ham uchraydi. Soule, cholle yoki choule deb nomlangan ushbu oʻyin haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1147-yilga tegishli[10]. 1319-yilda Filipp V va 1369-yilda Karl V tomonidan Fransiyada bunday oʻyinlarni oʻynash taʼqiqlangan[11]. Italiyada paydo boʻlgan va XVI asrda yaratilgan Calcio fiorentino deb nomlangan sport turida maqsad toʻpni raqib jamoa darvozasiga yoʻllash edi. Toʻpni nazorat qilish, uni jamoadoshiga uzatish va darvozaga yoʻllash uchun qoʻl va oyoqdan foydalanish erkin edi[12]. FIFAn, ing taʼkidlashicha, bu futbolga oʻxshash barcha sport turlari bugungi futbol bilan bevosita bogʻliq emas.
Zamonaviy futbol qoidalari XIX asr oʻrtalarida Angliyadagi xususiy maktablarda turli qoidalar bilan oʻynalb kelingan futbol shakllariga asoslanadi[7]. 1848-yilda Kembrij universitetida Eton, Harrow, Regby, Winchester va Shrewsbury nomli taʼlim muassasalarining vakillari ishtirokida yaratilgan Kembrij qoidalari futbol va shunga oʻxshash sport turlarini rivojlantirishda ancha samarali rol oʻynaydi. Garchi baʼzi oʻyinlar ushbu qoidalardan foydalangan holda oʻtkazilgan boʻlsa-da, ular katta jamoa tomonidan qabul qilinmagan[13][14]. 1850-yillarda ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlardagi turli klublar oʻz maktablari yoki universitetlaridan ajralib chiqib, mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyat yurita boshladilar. Ulardan baʼzilari oʻz qoidalarini yaratib, shu qoidalarga koʻra futbol oʻynashni boshladilar. 1857-yilda sobiq talabalar tomonidan asos solingan Sheffild futbol klubi 1867-yilda Sheffild futbol assotsiatsiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Uppingham maktabi talabasi Jon Charlz Thring ham 1862-yilda baʼzi qoidalarni ishlab chiqdi[15][16].
Futbol boʻyicha birinchi keng qamrovli qoidalar oʻsha yilning oktabr-noyabr oylari orasida, oktyabr oyida boʻlib oʻtgan yigʻilishdan soʻng tashkil etilgan futbol assotsiatsiyasi (inglizcha „The Football Association“, qisqacha „FA“) tomonidan oʻtkazilgan beshta yigʻilish natijasida tayyorlab chiqilgan
Buyuk Britaniya klublari ishtirok etgan birinchi futbol musobaqasi boʻlib oʻtgan Angliya kubogi 1872-yilda C.W. Alcock tomonidan tashkil etilgan. Birinchi rasmiy xalqaro futbol oʻyini 1872-yil 30-noyabrda Angliya va Shotlandiya oʻrtasida Glazgo shahrida oʻtkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan. 1884-yilda birinchi xalqaro futbol turniri, Buyuk Britaniya mezbonlik qilgan chempionat boʻlib oʻtdi[18]. Aston Villa menejeri Uilyam MakGregor 1888-yilda Birmingemda asos solgan Angliya Futbol Ligasi bilan birinchi futbol ligasini tashkil qilgan kishi sifatida tarixda qoldi[19]. Ushbu ligada 12 ta jamoa kurash olib borgan edi. Futbolda professionallashuv asoslarining tamal toshi 1870-yillarda qoʻyilgan boʻlsa, bugungi professional futbol qoidalari 1885-yil 20-iyulda futbol assotsiatsiyasi tomonidan tan olingan[20].
Futbol assotsiatsiyasi tashkil etilgach, futbol inglizlar tomonidan butun dunyoga tarqala boshladi. Janubiy Amerikadagi birinchi futbol oʻyini 1867-yilda Argentinada ingliz ishchilari tomonidan oʻynalgan[21]. Oʻsha yili Buenos-Ayresda Janubiy Amerikadagi birinchi futbol klubi boʻlgan Buenos-Ayres futbol klubi tashkil topdi[21][22]. 1891-yilda Argentinada tashkil etilgan milliy liga bilan birgalikda qitʼada birinchi futbol turniri tashkil etilgan[23]. Janubiy Afrikada yashovchi inglizlar mamlakatda birinchi futbol harakatini 1869-yilda boshlagan boʻlsa, mamlakatda birinchi futbol turniri 1884-yilda oʻtkazilgan[24]. 1884-yilda Amerika Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan birinchi futbol musobaqasi boʻlib oʻtadi. Yaponiyada futbol oʻynash haqidagi dastlabki maʼlum maʼlumotlar 1870-yillarga tegishli boʻlib, ingliz dengizchilari Yokogamada futbol oʻynashgan[25]. Futbol keng tarqalgach, futbol qoidalarini belgilovchi tashkilot hisoblangan Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (qisqacha IFAB) 1886-yilda Manchester shahrida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi, Uels futbol assotsiatsiyasi va Irlandiya futbol assotsiatsiyasining yigʻilishidan soʻng tuzilgan[26]. Xalqaro futbol federatsiyalari ittifoqi (qisqasi FIFA) xalqaro maydonda futbolning eng yuqori boshqaruv tashkiloti boʻlib, 1904-yilda Parijda tashkil etilgan va futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilishini eʼlon qilgan[27]. 1913-yilda FIFA vakillari ham IFABga oʻz vakillarini yubora boshladilar[28]. Futbolda professionallashuv jarayoni 1920—1930-yillarda dunyoning turli burchaklarida jadal rivojlanib borgan[29].
XX asrda 200 dan ortiq mamlakatlarda 250 milliondan ortiq oʻyinchi tomonidan oʻynalgan futbol dunyodagi eng mashhur sport turiga aylanadi[30][31][32][33]. FIFA tomonidan 2007-yilning may oyida eʼlon qilingan hisobotga koʻra, dunyo boʻylab 270 milliondan ortiq odam futbol oʻynaydi. Ushbu hisobotga koʻra, dunyoda 301 mingdan ortiq futbol klublari, 1752 milliondan ortiq futbol jamoasi, 840 mingdan ortiq futbol hakamlari va 113 mingdan ortiq professional futbolchi faoliyat olib boradi