51
Ammo tabiiy sharoitda pay, ya‘ni cho‗zilish reflekslari o‗ziga xos tarzda paydo
bo‗ladi.
Tortish uchun oyoqlarni tizza bo‗g‗inlaridan bukishga qaratiladi. Buning
natijasida sonning to‗rt boshli mushagi sal cho‗ziladi va taranglashadi. Mushak
cho‗zilib proprioreseptorlarni, ya‘ni mushak duklarini ko‗zg‗atadi va ulardan orqa
miyaga borgan impulslar to‗rt boshli mushakni qisqartiradi, bu esa oyoqlarni gavda
og‗irligidan bukilishiga yo‗l qo‗ymaydi.
Orqa miya reflekslarining katta guruhini tana qismlarining ma‘lum holatini
ta'minlovchi vaziyat reflekslari tashkil qiladi. Shulardan bo‗yin-tonus reflekslarning
ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: