G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. O‘rta miyaning yoqori tepaliklari darajasidagi ko‘ndalang kesimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

30-rasm. O‘rta miyaning yoqori tepaliklari darajasidagi ko‘ndalang kesimi. 
asablarning yirik hujayrali yadrolaridan impulslar kelib turishi tufayli ko‗z reflex 
yo‗li bilan harakatlanadi. To‗rt tepalikning oldingi do‗mboqlari qorachiq refleksining
yuzaga chiqishida qatnashadi. O‗rta miyaning birlamchi ko‗ruv markazlari bilan 
aloqador reflekslarga ko‗z akkomodasiyasi va ko‗ruv o‗qlarining bir nuqtaga 
kelishi — konvergensiya kiradi. 
To‘rt tepalikning orqa do‘mboqlari birlamchi eshituv markazlari 
bo‗lib, tovush 
kelayotgan tomonni chamalab bilish reflekslarining yuzaga chiqishida: hayvonlarning 
qulog‗ini ding qilishida, boshi va gavdasini yangi tovush kelayotgan
tomonga 
burishida qatnashadi. 
O‗rta miyasi butun qolgan hayvondagi chamalash reflekslarida harakat 
reaksiyalari bilan bir qatorda ba‘zi vegetativ reflekslar ham kuzatiladi; yurak faoliyati 
ritmining o‗zgarishi, arterial bosimning o‗zgarishi va hokazolar shular jumlasidandir. 
To‗rt tepalik yadrolari «soqchilik» refleksining yuzaga chiqishida qatnashadi. 
Bu refleksning organizm uchun ahamiyati shuki, u organizmni to‗satdan yangi 
ta‘sirotga reaksiya ko‗rsatishga tayyorlaydi. Bu murakkab refleksning muhim 
komponenti shuki, mushak tonusi qayta taqsimlanadi — bukuvchi mushaklar tonusi 
oshib, hayvonning qochib ketishiga yoki hujum qilishiga yordam beradi. To‗rt tepalik 


75 
sohasi zararlangan kishi bexos ta‘sirotga javoban tez reaksiya ko‗rsata olmaydi (31-
rasm). 
Qora substansiya (substantia nigra ) ovqat yutish va chaynash reflekslari kabi 
murakkab aktlarning koordinasiyalanishiga bevosita daxldor. Qora substansiyaga 
elektr toki bilan ta‘sir etilganda ovqat yutish harakatlari yuzaga chiqib, nafas olish 
tegishlicha o‗zgaradi. Qora substansiya plastik tonusni boshqarishda qatnashadi va 
qo‗l barmoqlarining juda aniq bajariladigan mayda harakatlarini yuzaga chiqarishda 
va, binobarin, tonusning nozik boshqarilishida rol o‗ynaydi, degan ko‗rsatmalar ham 
bor. 
Boshqa 
hayvonlarga 
nisbatan 
odamda 
qora 
substansiya 
ko‗proq 
rivojlanganligini, aftidan, shu bilan tushuntirsa bo‗lar. Urta miyaning shu qismi (qora 
substansiya) zararlanganda mushaklar tonusi oshib ketadi, ya‘ni gipertonus ro‗y 
beradi. Ammo, bu gipertonusni faqat qora substansiyaning roli bilan izohlab 
bo‗lmaydi, chunki u shikastlangan taqdirda mushaklar tonusining boshqarilishiga 
bevosita dahldor bo‗lgan qizil yadro va retikulyar formasiya bilan aloqasi uziladi. 


76 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin