G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. Harakat funksiyalarida o‘rta miyaning roli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

31-rasm. Harakat funksiyalarida o‘rta miyaning roli. 
I – tik holatga o‗tish; II va III – statokinetik refleks; a-g – refleks bosqichlari. 
O‗rta miyasi butun turgan 
mezensefal hayvon 
bulbar hayvondan farq qilib, 
mushaklar tonusi normal taqsimlangan bo‗ladi, bunday (mezensefal) hayvon normal 
pozasini (vaziyatini) tiklay va saqlay oladi. Bu, asosan, o‗rta miyadagi qizil yadro va 
retikulyar formasiyaning funksiyalaridan kelib chiqadi. 
2.7. Oldingi miya 
Oldingi miya hid bilish reseptorlari bilan bog‗liq holda rivojlanadi va 
boshlanishida (suvda yashovchi hayvonlarda) toza holdagi hid bilish miyasi 
hisoblangan. Hayvonlarni suvdan quruqlikka chiqib yashashi bilan hid bilish 
reseptorlarining roli ortgan, chunki uning yordamida hayvonlar uzoq masofadan turib 
o‗ljasi, havf-hatar va tabiatning boshqa xayot uchun muhim hodisalar to‗g‗risida 


77 
signal beruvchi havo tarkibidagi kimyoviy moddalar aniqlanadi. Bu – distant 
reseptor. Shuning uchun, hamda boshqa analizatorlarning rivojlanishi va 
takomillashuvi oqibatida quruqlikda yashovchi hayvonlarning oldingi miyasi kuchli 
o‗sgan va markaziy asab tizimining boshqa bo‗limlaridan ustun. Ya‘ni, u, hid bilish 
miyasidan hayvonning barcha xulq-atvorini boshqarish a‘zosiga aylangan. Xulq-
atvorning ikkita asosiy: 1) instinktiv – turning tajribasiga asoslangan shakliga 
(shartsiz reflekslar) va 2) individual – individning tajribasiga asoslangan (shartli 
reflekslar) shakliga mos ravishda oldingi miyada ikkita guruh markazlar rivojlanadi: 
1) bazal yoki po‗stloqosti, bosh miya yarim sharlari yadrolari; 2) bosh miya 
po‗stlog‗i. Oldingi miyaning ushbu ikkita guruh markazlariga barcha asab impulslari 
kelib tushadi va ularga barcha afferent sezuvchi yo‗llar cho‗ziladi. Ushbu yo‗llar 
(ayrimlaridan tashqari), avval, bitta umumiy markaz – talamus orqali o‗tadi. 
Organizmni modda almashunivini o‗zgartirish yo‗li orqali muhitga moslashishi, 
oldingi miyada vegetativ jarayonlarni boshqaradigan yuksak markazlarni 
(gipotalamus) paydo bo‗lishini belgilagan. 
Oldingi miyaning ikkita qismidan (oraliq miya va oxirgi miyadan) po‗stloq va 
po‗stloqosti yadrolar oxirgi miyaga, talamus va gipotalamus esa – oraliq miyaga 
taalluqli. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin