6.4. Yosh bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari
Bolalarning bosh miyasi yoshiga qarab ayrim o‗zgarishlarga uchraydi. Bolalar
bosh miyasi ular rivojlanishining birinchi yillarida tez taraqqiy etadi. Yosh bolalar,
ayniqsa, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miyaning sirtqi tomoni yaxshi
rivojlanmagan bo‗lib, katta pushtalarni bir-biri bilan qo‗shib turadigan va katta
pushtalardan ajralib chiqadigan mayda pushtalar bo‗lmaydi. Bunday mayda pushtalar
6 oydan keyingina paydo bo‗la boshlaydi. Bolaning bosh miyasining og‗irligi 8-9
oylik bo‗lganda yangi tug‗ilgan paytdagiga nisbatan ikki martaga, 3 yoshga kirganda
– uch martaga ko‗payadi. Bosh miya yarim sharlarining po‗stlog‗i ham katta
odamlarnikidan farq qiladi. 1 yoshdan 8 yoshgacha bo‗lgan bolalarda po‗stloq
kattalarnikiga nisbatan yupqaroq bo‗ladi. Shu bilan birga, ayrim hujayralar
qavatidagi asab hujayralar juda zich joylashgan. Bola 6-7 yoshga yetgach miya
po‗stlog‗ining qavatlari aniq shaklga ega bo‗lib, olti qavatli shaklga kiradi.
196
Bolalarda shartli reflekslar hosil qilish uchun katta odamlarda qo‗llaniladigan
usullardan foydalanib bo‗lmaydi. Ba‘zi shartli reflekslar bola tug‗ilgandan keyin
birinchi kunlardanoq hosil bo‗lishi mumkin. Bir oy o‗tgach shartli refleks hosil qilish
osonlashadi, ayniqsa, ovqat yeyishga oid reflekslar juda ko‗p hosil bo‗ladi. Masalan,
chaqaloqni emizish paytidagi kabi holatda ushlab turilsa, u og‗zini ochib, boshini
ikki tomonga aylantiradi va lablarini so‗ra boshlaydi. Oradan 1,5-2 oy o‗tgach
yorug‗lik va tovushlarga javoban vujudga keladigan harakatlar reflekslari hosil
bo‗ladi. 6-oydan boshlab sezuv a‘zolari orqali shartli reflekslar hosil qilish mumkin.
Bola 1 yoshga to‗lgach, buyumlarning harakati, ranglari va shakllarini farqlay
boshlaydi, mexanik va harorat ta‘sirlarni bir-biridan ajratadi.
Tashqi muhit bilan aloqa qilish natijasida bola so‗zlashga o‗rgana boshlaydi.
Odatda birinchi yoshning oxiri, ikkinchi yoshning boshlaridan bola ayrim gaplarni
«tushunadigan» va ba‘zi bir so‗zlarni gapiradigan bo‗ladi, bunda, uning «tushunishi»
so‗zlashidan ilgariroq taraqqiy etadi. Bola dastlab qiyqira boshlaydi, keyinchalik
ayrim so‗zlarni talaffuz qilishni o‗rganadi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi
yoshning boshlaridan bola so‗zlarni «tushunishi» natijasida, ma‘lum bir ma‘noga ega
bo‗lgan so‗zlarni gapira boshlaydi. Ikkinchi yoshning oxirida esa, ayrim
tovushlardan butun so‗zlar tuzadi. Ma‘noga ega so‗zlarning vujudga kelishi ikkinchi
tartibli signal tizimining taraqqiy etishi natijasida amalga oshadi.
|