203
xilma-xil impulslarni (hid bilish bilan bog‗liq bо‗lgan impulslardan tashqari) qabul
qilib, ularni miya yarimsharlarining pо‗stlog‗iga va
markaziy nerv sistemasining
boshqa qismlariga о‗tkazadi. Talamusda 40 dan ortiq yadrolar borligi aniqlangan.
U
Uzoq umr kо‘rish
- odamning uzoq yillar yashashini ta‘riflovchi sotsial-biologik
tushuncha. Bu masala bilan maxsus fangerotologiya shug‗ullanadi. Mutaxassislarning
fikricha, uzoq umr kо‗rish deganda 90-95 yoshdan keyin yashash tushuniladi.
Uyqu
- tirik organizmning fiziologik holati. Butun bir organizmda sodir bо‗ladigan
charchashini yо‗qotish, organizm ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan.
Uyquga ketish
-kо‗pgina hayvonlarning yilning ma‘lum faslini, kо‗pincha qish
faslini uyquga ketish bilan о‗tkazishi.
F
Fiziologiya
-
biologik fanlarning biri, tirik organizmning, undagi tо‗qima, hujayra,
organlar va organlar sistemalarining hayotiy faoliyatini о‗rganadi.
Fotoretseptorlar
- yorug‗lik nurlarini qabul qiluvchi retseptorlar (masalan, kо‗z tо‗r
pardasidagi tayoqcha va kolbachalar).
Funksional sistema
- tirik organizmdagi
shunday bir holatki, bunda tо‗qima,
hujayra, organlarda о‗zaro bog‗lanish, kelishish, umumiy о‗zgarishlar
aslida bir
maqsadga qaratilgan bо‗ladi, ya‘ni bir butun organizm о‗z tirikligini,
hayot
kechirishini saqlab qoladi, yangi sharoitga moslashadi.
Funksional sistema haqidagi
ta‘limot akademik P.K.Anoxin tomonidan yaratilgan.
Funksiya
- har bir hujayra, tо‗qima, organ, sistemaning bir butun organizm sathidagi
bajaradigan vazifasi, ishi; masalan, kо‗ruv organlarining vazifasi kо‗rish bо‗lsa,
eshitish organlariniki-eshitish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: