G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Seksologiya - jinsiy aloqa tо‗g‗risidagi ilmiy tadqiqotlar va bilimlar sohasi.  Senestopatiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Seksologiya
- jinsiy aloqa tо‗g‗risidagi ilmiy tadqiqotlar va bilimlar sohasi. 
Senestopatiya
- turli-tuman yoqimsiz, kо‗ngilsiz hissiyotlarni, badanning qaqshab 
og‗rib turishini, qitiqlanish, chimchilanishni his etish. 
Sensor organlar
- ma‘lum ta‘sirotlarni qabul qilishga moslashgan maxsus sezgi 
organlari, masalan, kо‗z, quloq, ta‘m bilish, hid bilish organlari va hokazo. 
Sinaps
- ikkita neyron yoki nerv va muskul tutashgan joy. Ular orqali nerv impulslari 
о‗tadi. Bu atama birinchi marta 1897 yili Charlz Sherington tomonidan kiritilgan. 
Stereotip
- biror jarayonning о‗zgarmagan holda qaytarilishi, bir maromda 
takrorlanishi. 
Stress
- odam va hayvonlarda kuchli ta‘sirotlar natijasida rо‗y beradigan zо‗riqish 
holati. Atama vash u konsepsiyaning (1936) muallifi Gans Selye bо‗yicha stress-bu 
organizmning fizikaviy, ruhiy kabi har qanday ta‘sirotga bо‗lgan nospetsifik 
neyrogumoral reaksiyasi. 
Sо‘lak
- sо‗lak bezlarining og‗iz bо‗shlig‗iga ajratadigan tiniq, rangsiz, hidsiz 
suyuqligi. Odamda sutka davomida 1,5-2 l sо‗lak ajraladi. Tarkibi, asosan suv (98,5-
99,5 %) va unda erigan tuzlar, gazlar, organik birikmalar, leykotsitlar, amilaza va 
maltaza fermentlari hamda boshqa moddalardan tashqil topgan. 
Sо‘lak ajralishi
- shartsiz va shartli reflekslar yо‗li bilan sо‗lak ajralib chiqishi. 
Sо‘lak bezlari
- quloq oldi, jag‗ osti vat il osti bezlari. Asosan og‗iz bо‗shlig‗iga 
sо‗lak ajratadi. 
Sensor tip
- dunyoni tо‗laqonli anglashga harakat qiladi. Ranglardan, hiddan, 
ta‘mdan, kо‗rinishdan estetik zavq va yaxshi kayfiyat oladi. Kelajakni qiyinchilik 
bilan tasavvur etadi.
Sensitiv tip
- kо‗r-kо‗rona odamgarchilik, tortinchoqlik xosdir. Sensitiv о‗smirlar 
katta va yangi ulfatlarga qо‗shilishdan qochishadi, tengqurlarining shо‗xliklarida va 
qaltis ishlarida qatnashmaydilar, yosh bolalar bilan о‗ynashni afzal kо‗radilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin