G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Rejim - qat‘iy belgilangan tartib.  Rezistentlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Rejim
- qat‘iy belgilangan tartib. 
Rezistentlik
– muhit sharoitning turli noqulay va zararli omillariga organizmning 
chidamliligi. 
Refleks
– tashqi va ichki taassurotlarga nisbatan organizmning javob reaksiyasi. Bu 
atamani birinchi bо‗lib fransо‗z fiziologi R.Dekart (1596 - 1650) qо‗llagan. 
Refleks yoyi
– refleks sodir bо‗lishi uchun nerv impulslarining retseptordann ichki 
organgacha bosib о‗tishi zarur bо‗lgan yо‗l. Refleks yoyi retseptor hujayra, afferent 
nerv tolasi, nerv markazi, efferent nerv tolasi va effektordan iborat. 
Reflektor
– refleksga oid. 
Reflektor nazariya
– organizmning barcha faoliyati refleks natijasidir deb 
tushuntiruvchi nazariya I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar shu nazariya asoschilaridir. 
Retseptorlar
- odam va hayvonlarda har xil ichki va tashqi ta‘sirotlarni qabul 
qiluvchi sezuvchan tuzilmalar. Retseptorlar joylashgan joyiga kо‗ra tashqi 
(ekstroretseptorlar) va ichki (interoretseptorlar)ga bо‗linadi. Qabul qiladigan ta‘sirot 
turiga 
qarab 
esa 
retseptorlar 
mexanoretseptorlarga, 
xemoretseptorlarga, 
fotoretseptorlarga va boshqalarga bо‗linadi. 

Salivatsiya
- sо‗lak ajralishi, oqishi. 
Sangvinik
- temperament (mijoz turlaridan biri, bu temperamentga kiruvchi odamlar 
juda tez qо‗zg‗aluvchan, qiziqqon bо‗ladilar). 
Sekret
- organizmda maxsus bez hujayralari ishlab chiqaradigan va ma‘lum 
fiziologik funksiyani bajaradigan moddalar. Ular ichki (gormonlar) va tashqi 
sekretlarga bо‗linadi. Bularga fermentlar, gormonlar, teri yog‗lari, sut, sо‗lak misol 
bо‗ladi. 
Sekretin
- gastrointestinal gormonlardan biri, о‗n ikki barmoq ichak va och 
ichakning maxsus hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Asosiy ta‘siri oshqozon 
osti bezi sekretsiyasini kuchaytirish. 
Sekretsiya
- hujayra va tо‗qimalar tomonidan ma‘lum moddalarning (sekretning) 
hosil qilinishi va tashqariga chiqarilishi. Odatda tashqi (ekzokrin) va ichki (endokrin) 
sekretsiya farqlanadi. Ekzokren sekretsiya sekretning maxsus yо‗llar bilan ma‘lum 


202 
bо‗shliqlarga yoki tana yuzasiga chiqarishdan iborat. Endokrin sekretsiya ishlab 
chiqarilgan sekretning qon va limfaga tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri chiqarilishidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin