G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

.5. Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari 
I.P. Pavlov laboratoriyasida o‗tkazilgan ko‗pgina tadqiqotlar shartsiz ta‘sirot 
boshlanishdan oldin indifferent (bo‗lajak shartli) signal ta‘sir eta boshlagandagina 
shartli refleks hosil qilish mumkinligini ko‗rsatgan. Shartli va shartsiz ta‘sirotlar 
boshqacha qo‗llanilsa, ya‘ni ikkala ta‘sirlovchi bir vaqtda berilsa yoki shartsiz ta‘sirot 
boshlangani holda shartli signal qo‗shilsa shartli refleks vujudga kelmaydi, bordi-yu 
vujudga kelgan bo‗lsa, juda zaif bo‗lib, tez so‗nib qoladi. 
Keyingi tadqiqotlar bu qoidani birmuncha oydinlashtirishga imkon berdi. Shartli 


121 
signalni shartsiz ta‘sirotdan bir qadar minimal vaqt ilgari bera boshlash kerak ekan. 
Himoyalanish harakat shartli reflekslari uchun bu minimal vaqt 0,1 sekundga teng 
ekan. Interval bundan kaltaroq bo‗lsa, shartli refleks vujudga kelmaydi. 
Shartli reflekslar hosil qilishning muqarrar sharti shuki, miya katta yarim 
sharlari normal faol holatda bo‗lishi, organizmda patologik jarayonlar bo‗lmasligi, 
tekshirilayotgan shartli va shartsiz reflekslardan tashqari orientirovka refleksini yoki 
visseral reflekslarni vujudga keltiruvchi qandaydir yot ta‘sirotlar ham bo‗lmasligi 
kerak (43-rasm). 
43-rasm. Itda so’lak ajralish shartli refleksini hosil qilish. 
 


122 
Shartli reflekslarni o‘rganish metodikasi. 
Shartli reflektor faoliyatning 
qonuniyatlarini tekshirish uchun so‗lak ajratish va himoyalanish harakat shartli 
reflekslarini o‗rganish maxsus fazilatlarga egadir. Bu reflekslarni o‗rganishning 
xususiyatlari reaksiyalarni sodda va aniq qayd qilish, reaksiyalarning tez boshlanishi, 
reaksiya xarakterining stereotipligi, shuningdek shartli reflekslarning birmuncha oson 
hosil bo‗lishi va so‗nishidan iborat. 
I.P. Pavlov shartli reflekslarni o‗rganish uchun original tadqiqot metodikasini 
ishlab chiqqan. Tekshiriladigan hayvon yoki odam eksperimentatordan va tajriba 
uchun keraksiz yot tashqi ta‘sirlardan yakkalab qo‗yiladi. Shartli reflekslarning 
g‗oyatda o‗zgaruvchanligi va turli tashqi ta‘sirlarga bog‗liq ekanligidan shu shartga 
rioya qilinadi. Tajriba qilinadigan hayvon yoki tekshiriladigan odam maxsus 
kameraga qo‗yiladi, bu kameraga yot tovush, hid, temperatura va yorug‗lik kirmasligi 
kerak. 
Shartli va shartsiz ta‘sirotlar uchun zarur asboblarning hammasi kamera ichida 
turadi. Odatda hushtak, qo‗ng‗iroq, har xil tonlar, metronom tovushi, yorug‗lik 
signallari, turli shakllarning ekrandagi tasvirlari, mexanik ta‘sirot, badanni sovutish 
yoki isitish va shunga o‗xshashlar shartli ta‘sirotlar bo‗lib xizmat qiladi. 
Itlar ustidagi tajribalarda shartsiz ta‘sirot uchun avtomatik ravishda ochiladigan 
kormushka (ovqat kataklari) dan ovqat beriladi, lunjga mahkamlangan suyuqlik 
solinadigan idish yordamida og‗izga turli eritmalar quyiladi yoki o‗zgarmas yoki 
o‗zgaruvchan elektr toki teriga qadalgan elektrodlar orqali beriladi. 
Eksperimentator, shartli va shartsiz ta‘sirotlar uchun zarur asboblarni ishga 
soladigan mexanizmlar, shuningdek harakat, sekretor, tomir shartli reflekslarini qayd 
qilish va miqdoriy hisobga olish apparatlari kameradan tashqarida turadi (44-rasm). 
Bolalarda shartli reflekslarni tekshirish usullarini A. G. Ivanov-Smolenskiy 
ishlab chiqqan. U shartli signallarni ovqatlanish, nutq yoki orientirovka 
reaksiyalariga sabab bo‗luvchi ta‘sirotlar (rasmlar ko‗rsatish) bilan mustahkamladi. 
Ovqatlanish harakat reflekslari tekshirilganda bola shartli ta‘sirot berilgan paytda 
qo‗lidagi rezinka ballonni qisib, konfet (ovqat) oladi. Ballonni qisish ovqatlanish 


123 
shartli refleksini qayd qiladigan usul hamdir. 
Shartli reflekslar hosil qilishda shartsiz ta‘sirotdan odatda 1-5 sekund ilgari 
signal beriladi. Tajribalar shunday qilinganda shartsiz ta‘sirot ta‘siri bilan deyarli bir 
vaqtga to‗g‗ri keladigan shartli refleks paydo bo‗ladi. Bu refleks vujudga kelib 
mustahkamlangach, shartli ta‘sirotning boshlanishi bilan shartsiz ta‘sirotning 
boshlanishi o‗rtasidagi interval uzaytiriladi: shartsiz ta‘sirot shartli ta‘sirotning

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin