17
Turli shakldagi o‘quv muassasalari uchun o‘qituvchilar qanday
tayyorlanashi kerak? Tabiiyki, hukumat va pedagogik jamiyat xorij tajribasi haqida
ishonchli va batafsil ma‘lumot olishga qiziqish bildiradi. Lekin ularning bari
qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar sohasidagi dastlabki urinishlar edi, xolos.
XIX asr ishlab chiqarish inqilobi hamda ishlab chiqarish mehnati va
urbanizastiya sharoitida fan va maorif yuqori sur‘atlarda rivojlana boshladi. Aynan
an shu davrda fan kasbiy xususiyatga ega bo‘la boshladi. Dastlabki davriy ilmiy
jurnallar chop etila boshlandi, bilimlarni tizimlashtirish jarayoni ham keng quloch
yozdi, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ensiklopediyalar chop etildi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bolalarni maktablarga keng jalb etish
va kasbiy ta‘limni tashkil etish borasida ilk qadamlar qo‘yildi, ko‘pgina davlatlarda
xalq maorifining davlat asoslari yaratildi. Aynan shu davrda ko‘pgina yirik
rivojlangan davlatlar – AQSH (1852), Buyuk Britaniya (1870), Fransiya (1882)da
majburiy maktab ta‘limiga o‘tila boshlandi. Dastlabki qiyosiy pedagogika va
qiyosiy ta‘lim markazlari – milliy va xalqaro axborot muassasalari paydo bo‘la
boshladi. Bu erda turli mamlakatlardagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida axborotlar
tanlanib, tahlil qilinar edi (Vashintondagi maoriy xizmati (1866), Parijdagi
pedagogika Muzeyi (1879) va b.).
XIX asrda ko‘pgina milliy ta‘lim tizimlarida islohotlar o‘tkazila boshlanadi.
Ular quyidagi shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: