G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Tasvirlash metodi
- tahlil qilish uchun zarur va etarli bo‘lgan axborotlarni 
to‘plash, aniqlangan dalillarning o‘ziga xosligi, obyektivligi, guruhlanishi, 
tizimlanishi va tasnif etilishini tadqiq qilish uchun qo‘llaniladi. Ta‘lim tizimidagi 
yagona va o‘ziga xos hodisalarni aniqlashni nazarda tutadi. Ko‘p hollarda 
tasvirlash metodi ilmiy va badiiy adabiyotlarni o‘rganish orqali turli mamlakatlarda 
ta‘lim va tarbiya jarayonining yorqin lavhalarini ifodalash imkonini beradi. 
Masalan, rus jurnalisti va yozuvchisi V.V.Ovchinnikovning publististik asarlari-
―Qayin ildizi(Angliya va inglizlar haqidagi fikrlar va taassurotlar)‖, ―Sakura 
novdasi (Yaponlar qanday odamlar ekanligi haqida hikoya)‖da biz Buyuk 
Britaniya va Yaponiyadagi ta‘lim va tarbiya hamda bolalarni ijtimoiylashtirish 
to‘g‘risida ajoyib lavhalar tasvirlanganligining guvohi bo‘lamiz. XVIII asrda 
yashab ijod etgan faylasuf Chesterfiltning ―O‘g‘limga xat‖ deb nomlangan 
mashhur asarida hozirgi zamondoshlarimiz uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 
Angliyaning oqsuyak bolalari tarbiyasining o‘ziga xos qadriyatlarini ko‘rishimiz 
mumkin.
Tarixiylik metodi
- turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy davlatchilik shakliga ega 
bo‘lgan mamlakatlarda ta‘lim tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi va 
taraqqiyoti, uning o‘ziga xos muammolarini qiyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganish 
imkoniyatini beradi.
Tadqiqotning 
tarixiy metodi
qiyosiy pedagogikada pedagogik hodisalarga 
nisbatan qo‗llanishi mumkin. Milliy maorif tizimining paydo bo‗lishi va 
shakllanishi, maorif va madaniyatning paydo bo‗lishi va shakllanishi, maorif va 
madaniyatning rivojlanishidagi asosiy an‘analar, xalq maorifi sistemasining 
tuzilishi, uning tarixiy davrda o‘zgarishi, mamlakatda davlatning maktab siyosatiga 
maktab va dinning o‘zaro munosabatiga xarakteristika, maorif taraqqiyotidagi 
traditsiyalar, muammolar va tendensiyalarni aniqlash, pedagogik g‘oyalar, 
nazariyalar va maorifning ayrim muammolarini tadqiq etish va hokazo. Pedagogik 
muammoga oid xulosalashning genezisi va taraqqiyot xususiyatlarining tahliliga 
asoslangandagina ilmiy natija olish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin