6
sanaladi.
Qiyosiy pedagogika
keng ma‘noda
dunyoning turli davlat va
hududlarida ta‘limning holati, qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini
o`rganuvchi fan sohasi bo`lib, xorij tajribasini qo`llash yo`li orqali milliy ta‘lim
tizimini o`zaro boyitish usullarini ishlab chiqadi.
Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta‘rif beradigan bo`lsak, u
pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va
mamlakatlarida pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari,
qonuniyatlari va holatini o`zaro taqqoslab o`rganadigan fandir. Shuningdek, u
umumiy tendensiyalarning milliy va regional o`ziga xosligining mos va farqli
jihatlarini ajratib ko`rsatadi hamda milliy ta‘lim tizimini xorij tajribasi orqali
o`zaro boyitish shakl va usullarini ishlab chiqadi. ―Qiyosiy pedagogika‖ni
tushunishga nisbatan bu yondashuvlarning har biri uning o`ziga
xos mohiyatini
ochib beradi.
Birinchidan
, u pedagogika fanining aniq muayyan sohasi.
Ikkinchidan,
dunyoning turli davlat va hududlarida maorif, ta‘lim, tarbiya, pedagogika
nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonini o`rganishga yo`naltirilgan.
Uchinchidan
, qiyosiy taqqoslash darajasidagi tahlil xorij tajribasini ma‘lum
darajada qo`llash uchun amalga oshiriladi.
To`rtinchidan
, milliy ta‘lim tizimini
o`zaro boyitishning o`ziga xos shakl va usullari ajratib ko`rsatiladi.
Milliy ta’lim tizimi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta‘lim to`g‘risida"gi
O`zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan
bo`lib, milliy tajribaning tahlili va ta‘lim tizimidagi
jahon miqyosidagi yutuqlar
asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy
va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g‘ri
ola bilish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga
qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgan.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga
chiqarishni, har
tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta‘lim va kasb-hunar
dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa
tarzdagi sharoitlarni
yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni
tarbiyalashni nazarda tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta‘lim
sohasidagi xizmatlarning iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimining
faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillari;
uzluksiz ta‘lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib,
ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi
va ulardan foydalanuvchi,
ilg‘or pedagogik va ahborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
7
ishlab chiqarish kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik
sifati
va
saviyasiga
nisbatan
qo`yiladigan
talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya
va moddiy-tehnika jihatidan
ta‘minlash jarayonining qatnashchisi.
Dostları ilə paylaş: