G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


 Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

 
4.2. Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi 
Rasmiy nomi – Fransiya Respublikasi. Poytaxti – Parij. Hududi– 
551000kv.km. Aholisi – 61024316. Davlat tili – fransuz. Dini – katolik (90%). Pul 
birligi – evro. Fransiyada savodxonlik darajasi: umumiy savodxonlik – 99%. 
Erkaklar – 99%. Ayollar – 99%. Ta‘lim tizimiga jalb etilganlar: Umumiy soni – 15 
mln. Shundan: Boshlang‘ich ta‘lim – 6-7mln. O‘rta ta‘lim – 4,8-5 mln. Oliy va 
undan keyingi ta‘lim – 2,5-3 mln. 
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi 
o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari:
• Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh 
• Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh 
• O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh 
• Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim. 
Fransiyaning butun ta‘lim tizimi uzoq tarixga ega. 2004 yil 15 martda yangi 
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Uning o‘zgartirilishiga ta‘lim 
strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi 
islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoit, chet el pedagogikasidagi ilg‘or 
tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kirib kelishi, o‘quv predmetlaridagi 
integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini 
ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida 
o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga 
yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. 
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida 
ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil 
etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy 
fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning 
davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv 
yili 5 chorakka bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga 
bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa 
predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda 
matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya 
predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha amal 
qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro 
mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln. kishini tashkil 
qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600 


67 
ta litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 
21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga 
tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda 
talabalar 15 mln kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. 
Davlat hududida 7 mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim 
sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi
A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin