4
M U Q A D D I M A
Bugungi kunda ozod Vatanimiz hayotida yuz berayotgan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma‘naviy-madaniy o‘zgarishlar insonni o‘zgartirish
va rivojlantirishi uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.
«Ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish,
barkamol
avlodni voyaga etkazish» to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni bir necha muhim, dolzarb masalalarni o‘z ichiga oladi. Xususan,
- ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni
zamon talablari darajasiga
ko‘tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo qilish, kelajak
uchun barkamol va salohiyatli
alodni tarbiyalash;
- uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlari uchun davlat standartlarini
ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga tadbiq etish;
- uzluksiz ta‘lim tizimining milliy modelini amalga oshirish.
Shuning uchun bu sohada yangi o‘quv rejalar, dasturlar va o‘quv qo‘llanmalar
yaratish muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur
darslik
pedagogik nazariyalar va o‘quv-tarbiya
amaliyoti
taraqqiyotining umumiy va farqli xususiyatlari va tendensiyalarini o‘rganadi.
Ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va falsafiy asoslarini,
milliy xususiyatlarini
ochadi. O‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va tarbiyalash borasida to‘plangan tajriba
bilan
cheklanib
qolmasdan,
balki
jarayon
dinamikasini
hisobga
oladi.
Muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanish jarayonini qarab chiqadi. Uning
hozirgi ahvolini qayd etadi va turli mamlakatlar pedagogik sistemalari hodisalarini
tahlil etish asosida keyingi rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi.
Darslikning asosiy maqsadi:
- bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan o‘quv
dasturidan joy
olgan mavzularni yoritib berish;
- talabalarda mazkur fan yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka
hosil qilish;
- mamlakat ta‘lim tizimi hamda jahon mamlakatlari ta‘lim tizimi muammolarini
qiyoslash va fan yangiliklarini amaliyotga joriy qilish hokazo.
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining pedagogika va psixologiya yo‘nalishi
talabalari hamda magistrantlarga mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu o‘quv
qo‘llanmadan kollej va litseylarning o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: