5
I
BOB.
QIYOSIY
PEDAGOGIKAGA
(PEDAGOGIK
KOMPARATIVISTIKA
1
GA) KIRISH
1 Qiyosiy pedagogika alohida fan sohasi sifatida (Qiyosiy pedagogika
tushunchasi, uning obyekti,
predmeti, vazifasi va bajaradigan ishi; milliy ta‘lim
tizimi tushunchasi).
Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki
komparativistika
dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni,
jumladan,
o`sib
kelayotgan
yosh
avlod
ta‘lim-tarbiyasi
muammolarining
jahon
mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq,
falsafiy ta‘limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday
ta‘lim-tarbiya berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi.
Ularda
ta‘lim-tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan
yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari
tahlil qilingan edi.
Zamonaviy
tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi.
Komparativizm (lot.
comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini
anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini
aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida
mujassamlashtiradi. Ingliz tilida ―
to compare‖ ham ―taqqoslash‖ degan ma‘noni
anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida,
shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida
obraz va syujetlar
rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta‘lim nazariyasida
―komparativistika‖ tushunchasi ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi bilan bir sinonik
qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ―
pedagogik
komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi.
Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy
pedagogika‖ emas, balki ―qiyosiy ta‘lim‖ atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta‘lim‖ (ing.
―
education‖) so`zi pedagogika (―pedagogie‖) so`ziga nisbatan keng ma‘noda
qo`llaniladi. Chet el pedagogik an‘anasiga ko`ra ―ta‘lim‖ so`zi
rivojlanish, ta‘lim
va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning
ta‘limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham
chet el ta‘rifida ―qiyosiy ta‘lim‖ (―
education compare‖) iborasini ―qiyosiy
pedagogika‖ (―
pedagogie comparative‖) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini
kuzatamiz. Biz ―qiyosiy pedagogika‖, ―pedagogik komparativistika‖, ―qiyosiy
ta‘lim‖ va ―komparativistika‖ tushunchalarini bir ma‘nodosh so`zlar qatorida
qo`llaymiz. Chunki bir qancha
farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik
nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va
jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki,
bugungi
kunda ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan.
Umuman olganda,
qiyosiy pedagogika turli mamlakatlarda maorif, ta‘lim va
tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i
1
Dostları ilə paylaş: