32
1977 yilda YUNESKO nashriyotida ―Ta‘limda xalqaro sinflash‖ nashr
qilindi, unda shakllangan prinsiplar, hozirgi kunda ham chiqarilayotgan ta‘lim
bo‘yicha yilnomaga asos bo‘lib xizmat qilgan. YUNESKO tomonidan qiyosiy
pedagogikaning rivojlanishi, ta‘lim sohasidagi milliy qonuniy aktlar, rejalar va
reformalarni taqqoslash prinsiplari va uslublarini ishlab chiqish masalalariga
maxsus bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar hamda seminarlar o‘tkazildi.
1950 yillardan boshlab, qator mamlakatlarda, yirik izlanish markazlari
faoliyat ko‘rsata boshladi. Frankfurt – na – Mayn (GFR)da xalqaro pedagogik
izlanishlar instituti, Sevra (Fransiya)dagi xalqaro pedagogik izlanishlar markazi,
Zalsburgdagi (Avstriya) qiyosiy pedagogika instituti va boshqalar. AQSh, Angliya,
Germaniya, Yaponiya universitetlarida qiyosiy pedagogika kafedralari tashkil
qilindi. Uning a‘zolari izlanish ishlarini ma‘ruzalar o‘qish, seminar mashg‘ulotlar
o‘tkazish bilan shug‘ullanar edi.
Dunyo ta‘limini rivojlantirish masalalari bilan qiziquvchi alohida mamlakat
masshtabidagi nazariyotchilar hamda amaliyotchi pedagoglarni birlashtiruvchi
qiyosiy pedagogikaning milliy jamiyatlari vujudga keldi. Dastlabki jamiyat
1956
Dostları ilə paylaş: