Uchinchidan, jamiyat iqtisodiy imkoniyatlar dinamikasining o‘sishi bilan bog‘liq
holda tez sur‘atlarda kasb tayyorgarligi ta‘limini rivojlantirish zaruratining vujudga
kelganligi.
Bundan tashqari aynan XIX asrda Evropada pedagogik fikr taraqqiyoti
gullab yashnay boshladi. Pestalotsi pedagogikasi (Shvetsariya). Russoning erkin
tarbiya nazariyasi (Fransiya), Kantning axloqiy tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik-
falsafiy g‘oyalari (Germaniya) G‘arbiy Evropa va butun dunyoga o‘zining ijobiy
to‘lqinlarini tarqata boshladi. Shu tariqa yangi ilmiy soha – qiyosiy
pedagogikaning paydo bo‘lishi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keldi. Bell-
Lankaster tizimi, Pestalotsi pedagogikasi, Russoning «erkin tarbiyasi», ma‘naviy
tarbiya haqidagi Kant fikrlari umumYevropa miqyosida tadbiq qilina boshlandi.
Qiyosiy pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalari to‘g‘risida
olimlar turli nuqtai nazarni yo‘qlab chiqdilar.
Qiyosiy pedagogika fanining asoschisi fransuz publissisti va tadqiqotchisi
Mark Antuan Julen (1775-1848) bo‘lib hisoblanadi. U birinchi bo‘lib, qiyosiy
pedagogikaning maqsadi va vazifalarini aniqlash, turli mamlakatlar bo‘yicha
muvofiq ashyoviy materiallarni to‘plash va tizimlashtirish, ta‘limni rivojlantirishda
Jahon tajribasini o‘rganish muammosini ilmiy tadqiqotlarning alohida mustaqil
sohasi sifatida ajratish masalasini o‘rtaga tashlagan edi.
18
Mark Antuan Julen o‘zining ―Qiyosiy pedagogikaga oid ishga
qo‘shimchalar‖ degan maqolasida Shvetsariya va Fransiya maktablarining
pedagogik tajribasini qiyosiy tahlil qiladi. Keyinchalik uni Julen Parijskiy deb atay
boshladilar. Shu nom bilan u qiyosiy pedagogika tarixiga kirdi. Uning fikricha,
qiyosiy pedagogikaning asosiy va bosh masalasi – turli mamlakatlarning
pedagogik tajribasini o‘rganish orqali dunyo miqyosida imkon qadar ratsional
ta‘lim tizimini yaratish.
Shuning uchun G‘arbiy Yevropa adabiyotlarida Julen «Qiyosiy
pedagogikaning otasi» sifatida tilga olinadi.
Darhaqiqat, u ta‘lim taraqqiyotining xalqaro tajribasini alohida ilmiy
tadqiqotlar yo‘nalishi sifatida o‘rganish masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Julen faoliyati
va qiziqishlari keng miqiyosga ega edi. 1792 yilda 17 yoshli o‘spirin diplomatik
missiya tarkibida Angliyaga jo‘natiladi. U yerdan qaytgach, Fransiya departamenti
tarkibidagi inqilobiy hukumat a‘zosiga aylanadi. 1794 yilda Fransiyaga markaziy
ma‘muriy ta‘lim siyosati natijasida tuzilgan «Xalq ta‘limi ijroya qo‘mitasi»
faoliyatida ishtirok etadi.
XIX asr boshlarida Julen mashhur publissist sifatida yuzlab maqolalar,
ijtimoiy munosabat, madaniyat va siyosatning turli masalalariga oid broshyuralar
e‘lon qildi.
Julen Parijskiy Robesperning tarafdori va faol publissisti bo‘lganligi sababli
tabiiy ravishda uning ta‘lim to‘g‘risidagi g‘oyalari va qadriyatlari Fransiya
inqilobinng g‘oya va qadriyatlari bilan mos edi. Uning uchun qiyosiy pedagogikani
rivojlantirishning asosiy g‘oyasi jamiyat taraqqiyoti va shu asosda xalq
farovonligini aks ettirar edi. Taraqqiyot (progress) g‘oyasi fransuz
ma‘rifatparvarlarining asosiy va muhim postulati bo‘lib, u jamiyatni bosqichma-
bosqich rivojlantirib borib, eng past yashash sharoitidan yuqori yashash sharoitiga
ko‘tarilish. Buning uchun barcha vositalardan, shuningdek, zarur bo‘lsa inqilobiy
to‘ntarishdan ham foydalanish lozimligi ko‘rsatilgan edi. Aynan maorif, ta‘lim
keng ma‘noda ―Aql-idrok podshohlig‖ ijtimoiy progressni tezlashtirishning asosiy
va zarur sharti hisoblangan. Shuning uchun ham turli mamlakatlardagi pedagogik
voqelik birinchi navbatda, fransuz inqilobi namoyondalarini qiziqtirar edi. O‘sha
paytda Evropa mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan ta‘lim nazariyasini ishlab
chiqish va shu orqali madaniy taraqqiyotga erishish, nisbatan yangi g‘oya sanalar
edi. Bu g‘oya fransuz burjuaziya inqilobi bosh shiori bilan bog‘liq bo‘lib, bunda
jamiyatni rivojlantirishning asosiy qadriyati ozodlik, tenglik va birodarlik, deb
hisoblanadi. Ozodlik, tenglik va birodarlik (fr. Liberte`, E`galite`, Fraternite`) –
Buyuk fransuz inqilobining shiori bugungi kunda Fransiyaning davlat shiori bo‘lib
hisoblanadi. O‘sha patda bu shior fransuz ta‘limini isloh qilishning asosiy g‘oyasi
bo‘lib hisoblangan. Uning tashabbusi bilan «Birlashgan millatlar fransuz jamiyati»
tashkil qilindi. Bu jamiyat Yevropa tarixiy adabiyotlarida zamonaviy xalqaro
tashkilotlar yuzaga kelishiga asos bo‘lganligi, qayd qilinadi. Julen ta‘lim va tarbiya
muammolariga juda qiziqar edi. 1810 yilda Julen Pestalotsining Iverdan
Shvestariyadagi tarbiya maskanini ziyorat qilgach, uning g‘oyalarini jiddiy yoqlay
boshladi.
19
Julen 1848 yilda vafot etdi. Deyarli bir asrga yaqin vaqt ichida uning
publististik va ilmiy merosi esga olinmadi. Faqat 1935 yilda uning ―Qiyosiy
tarbiya bo‘yicha tadqiqotlarga oldindan eslatmalar va ocherk‖ nomli (1817) kichik
broshyurasining Parijdagi eski kitoblar do‘koni peshtaxtasidan tasodifan topilishi,
uning ismini xalq xotirasidan butunlay o‘chib ketishining oldini oldi. Uning
ijodiga qiziqishni qayta uyg‘otdi. Aynan shu asarda «qiyosiy tarbiya» va «qiyosiy
pedagogika» atamalari ilk bor qayd qilingan edi.
Julen 1817 yilda birinchi bo‘lib xorij davlatlardagi ta‘lim amaliyotini
analitik taqqoslash natijasi sifatida ta‘lim-tarbiya mazmuni, metod-vositalari va
ta‘lim nazariyasini o‘rganish jarayonini ifodalash uchun ―qiyosiy pedagogika‖
atamasini qo‘lladi.
Julen fikriga ko‘ra, qiyosiy pedagogikaning vazifasi Yevropada, keyinchalik
esa butun dunyoda ta‘lim-tarbiyaning eng oqilona tizimini yaratish maqsadida turli
mamlakatlarning pedagogik tajribasini o‘rganishdan iborat. Pedagogika ijobiy
fanga aylanishi uchun - deb yozgan edi Julen, - turli mamlakatlarning dalillangan
materiallari tahliliga asoslangan bo‘lishi lozim. Turli-tuman dalillar to‘planishi,
tartibga keltirish va ularni tizimlashtirish usullari aniqlanishi zarur. Bu omillarsiz
pedagogik faoliyat va uning natijalari subyektiv, cheklangan qarashlarga, yosh
avlod ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar fikri va irodasiga
bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
Julen batafsil ma‘lumot olish maqsadida, katta, so‘rovnoma (250 dan
ko‘proq savollar) tuzdi. Bu so‘rovnoma maktab faoliyatining turli jihatlariga
aloqador edi. So‘rovnomani Yevropaning turli davlat hokimyatlariga yuborishni
taklif qiladi. So‘rovnomaning ayrim savollarida miqdoriy va daliliy ko‘rsatkichlar
to‘plash maqsadi ko‘zda tutilgan edi. (Masalan, sinf mashg‘ulotlarining kunlik
davomiyligi, o‘quv yili necha oydan iborat, imtihon o‘tkazish tartibi qanday, turli
o‘quv muassasalarida bitiruvchilarga qanday turdagi diplom yoki shahodatnoma
beriladi kabi). Shuningdek, sezilarli darajada murakkab savollar ham mavjud
bo‘lib, ular bugungi kunda ham fanda muammoli masalalardan hisoblanadi.
O‘quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinishi va aniqlanishi qanday
amalga oshiriladi? Mehnatsevar, itoatkor, lekin yetarli layoqatga ega bo‘lmagan
bolalarning dars jarayonida aytarli mashaqqatsiz saboqni o‘zlashtirayotgan
qobiliyatli bolalardan ortda qolishi, ularda maktabga nisbatan qoniqmaslik
hissining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmaydimi? kabi savollarga javob izladi.
Julen so‘rovnoma yordamida olingan ma‘lumotlar qaysi davlat ta‘lim
taraqqiyotida yetakchilik qilmoqda, qaysilari ortda qolgan, rivojlanishga to‘sqinlik
qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari kabi muhim masalalarga oydinlik
kiritishiga umid qilgan edi.
Bu g‘oyalarni amalga oshirish uchun umumyevropa ilmiy-pedagogik
muassasa tashkil qilinishi kerakligini ta‘kidlagan. Bu muassasalarda o‘qituvchilar
tayyorgarligini yaxshilashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishi va tajriba
yo‘li orqali yangi pedagogik usullar amaliyotda sinab ko‘rilishini nazarda tutgan.
Bularning
bari
qiyosiy
pedagogika
yaratilishi
va
Yevropaning
barcha
mamlakatlarini ta‘lim amaliyotida uzluksiz yaqinlashuv jarayoni yuzaga kelishiga
asos bo‘ladi, deb hisoblagan. Bu g‘oyalar bir asrdan ortiq vaqt o‘tgach, YUNESCO
20
– ta‘lim bo‘yicha xalqaro byuro hamda boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyati
natijasida amalga osha boshladi.
Julenning qiyosiy pedagogikaga doir tadqiqotlari o‘sha davrda keng
yoyilmadi. Julen Parijskiy turli Evropa davlatlaridagi ta‘lim muassasalarida amal
qiladigan ta‘lim mazmuni va metodini o‘zaro taqqoslash va tasnif etish uchun
xalqaro tadqiqot markazi tuzishni taklif qiladi. Bundan tashqari u xalqaro
pedagogik jurnal chop etish zarur ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, pedagogika
samarali fan bo‘lishi uchun u turli mamlakatlardagi ta‘lim to‘g‘risida manbalarni
tahlil qilishga asoslanishi; turli dalil va faktlarni tizimlashtirish hamda ularni tahlil
qilishi (interpretatsiya) lozim. Faqat shunday yondashilsagina ta‘lim faoliyati va
uning natijalari ta‘lim-tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi kishilarning qarashlaridagi
subyektivlik va pozitsiyadagi individualligidan xoli bo‘ladi.
Fransiyada samarali natijaga erishgan ―pedagogik sayohatchi‖ taniqli
faylasuf, Sorbonna professori V.Kuzen (1792-1867) bo‘ldi. U hukumat topshirig‘i
bilan 1830 yilda bir necha bor Prussiyaga sayohat qildi va pruss ta‘lim tizimini
o‘rgandi. Bularning natijasi, pruss ta‘lim muassalari, ularning tuzilishi, faoliyat
usullari haqida batafsil ma‘ruzalarida aks etdi. Hukumat maktab islohoti
o‘tkazishda bu ma‘ruzalarda keltirilgan dalil va xulosalardan keng foydalandi.
Keyinchalik, nemis va ingliz tiliga tarjima qilingan Kuzen ma‘ruzalari boshqa
mamlakatlarning pedagoglari tomonidan yakuniy hisobot tayyorlashda namuna
bo‘lib xizmat qildi.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Fransiyada xorijiy ta‘limni
qiyoslab o‘rganish davom etdi. 1865 yilda ma‘rifatparvar J.N.Boduen Belgiya,
Germaniya va Shvetsariyada boshlang‘ich ta‘limining zamonaviy holati to‘g‘risida
ma‘ruza qildi.
Prussiya bilan bo‘lgan urushdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Fransiya (1870)da
nemis maktabi tajribasiga qiziqish tobora ortdi. 1880-1890 yillarda E.Dreyfus-
Brissak tomonidan uch tomli ―Yangi tarbiya qiyosiy-pedagogik o‘rganish‖ asari
nashr qilindi. XX asrda yaratilgan asarlar orasida Fredelning ikki asarini alohida
qayd qilish mumkin. ―Xorijiy mamlakatlarda muallim tayyorlash‖ (1903) va
―Xorijiy pedagogika‖(1910). Bu kitobda 9 mamlakatning majburiy ta‘lim
shakllanishi qiyosiy tavsiflangan. Bu G‘arb mamlakatlari (Angliya, Germaniya,
Italiya, AQSH) maktablari bilan bir qatorda Yaponiya va Misrda ta‘lim
shakllanishining xarakterli jihatlarini yoritib bergan dastlabki asar hisoblanadi.
Nemis pedagogikasida pedagogik qiyoslash elementlarini aks ettirishga uringan
dastlabki asarlar XVIII asrda paydo bo‘ldi. 1784 yilda I.Brinkmanning ―Qadimgi
va zamonaviy tarbiyani qiyoslash va ulardan qaysi biri tabiatga ko‘proq
muvofiqligini ajratish‖ asari chop etildi. 1790 yilda Frayburg gimnaziyasi direktori
F.Xekt ―Angliya va Germaniya maktab tizimlari qiyosi‖ nomi ostida ma‘ruzalar
to‘plamini lotin tilida nashr qildi.
XIX asrda Germaniyada eng yirik xorijiy pedagogik muammolar
tadqiqotchisi Myunxen universiteti professori F.Trish (1774-1860) edi. O‘zining
xorijiy sayohatlari natijasida maktab rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra, pedagogik
hujjatlarni batafsil tahlil qilish asosida 3 tomlik ―Germaniya, Gollandiya, Belgiya
va Fransiyada zamonaviy umumiy ta‘lim holati‖ asarini yaratdi. Bu asarda
21
qiyoslanayotgan unsurlar juda aniq ifodalangan. Trish nemis ta‘limiga o‘xshash
Gollandiya ta‘limini tavsiflab, uni o‘z belgilariga ko‘ra qiyoslaydi. Fransuz va
golland ta‘lim tizimlari mo‘tadil bo‘lgan Belgiya ta‘limini tahlil qilish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Fransiya, Angliya yoki Germaniya maktablarining o‘ziga xos
milliy belgiga egaligiga qaramasdan, xristian sivilizatsiyasi va yevromadaniyat
tamoyillariga asoslangan ―umumiy ruh‖ ularning barchasiga aloqador ―Yevropa
tarbiyasi‖ masalasini ko‘tarib chiqdi. Bu Yevropa xalqlari va mamlakatlarining
yaqinlashuvida zaruriy manba ekanligini ta‘kidlaydi.
XIX asrda yaratilgan asarlar sirasiga L.Shteynning ―Angliya, Germaniya,
Fransiya va boshqa mamlakatlarda boshlang‘ich va kasbiy ta‘lim‖ (1868) asari va
A.Baumeysterning ―Yevropa va Shimoliy Amerikada Oliy ta‘lim shakllanishi‖
(1897) kabilarni keltirish mumkin.
AQSHda xorijiy tajribaga qiziqish, Yevropa pedagogik an‘analarga
tayanuvchi milliy ta‘lim tizimi shakllanish davrida kuzatildi. K.Stou o‘zining
―Yevropada boshlang‘ich umumiy ta‘lim to‘g‘risida hisobot‖ nomli asarida turli
mamlakatlarning maktablari rivojlanishi muammosini siyosiy tizim va ijtimoiy
strukturaga bog‘lab o‘rganishga harakat qildi. AQSHda ta‘limning xorij tajribasini
o‘rganishga intilgan marifatparvarlardan G.Mann (1796-1859) va G.Bernard
(1811-1900) larning hissasi katta. G.Mann AQSHda davlat byudjetidan
moliyalashtiruvchi bepul majburiy boshlang‘ich ta‘lim joriy qilinishi tashabbuskori
bo‘ldi. Bu masalaning samarali hal qilinishi uchun Yevropa mamlakatlari
tajribasidan foydalanish zarurligini ta‘kidladi. U nemis maktablarida Pestalotsi
metodlarining amaliy qo‘llanishiga katta qiziqish bilan qaradi. Yevropaning yetti
mamlakatida bo‘lib, maktab ta‘lim tizimi bilan batafsil tanishib, ular asosida
ma‘ruza tayyorladi. Uning ma‘ruzalari jamiyatda yaxshi qabul qilindi va maktab
ta‘limining kelgusi istiqboli to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinishiga muayyan
ta‘sir ko‘rsatdi. Mann Massachusets shtatida ta‘lim ishlari bo‘yicha kengashini
boshqardi. Aynan shu shtatda AQSHda birinchi bo‘lib majburiy ta‘lim haqida
qonun qabul qilindi. 1853 yilda Mann tomonidan «Amerika ta‘lim jurnali»ga asos
solindi. Bu jurnalda milliy muammolar xorij tajribasiga qiyoslanib talqin qilindi.
Shuningdek, taniqli olim G.Bernard Yevropa davlatlariga «pedagogik sayohat»
uyushtirib, ta‘limning xorijiy tajribalarini ba‘tafsil o‘rgandi. U maktab siyosati,
ta‘limning
markaziy
va
mahalliy
boshqaruv
organlari
faoliyati
va
tashkillashtirilishi kabi masalalarga a‘lohida e‘tibor qaratdi. Pedagogik doirada
―Turli mamlakatlardagi xalq ta‘limi tizimi, statistikasi va ro‘yxatga olinishi‖ nomli
ikki tomlik monografiyasi shuhrat qozondi. 1867 yilda AQSHda marifatparvarlik
federal byurosi tashkil qilindi. Bernard bu byuroning birinchi rahbari sifatida
faoliyat yuritib, amerikalik pedagoglarni Yevropaga ingliz, nemis, fransuz
maktablari faoliyati bilan tanishshish maqsadida safar qilishini tashkillashtirga
yordam berdi. 1898-1899 yilda Dj.Rassel qiyosiy pedagogika bo‘yicha Kolumbiya
universitetida ma‘ruza o‘qidi. Keyinchalik, qilingan qator tadqiqotlarda nafaqat
maktab, balki ma‘orif tizimining boshqa bo‘g‘inlari ham tadqiqot obyektiga
aylandi.
Turli mamlakatlarda ta‘lim taraqqiyotiga ta‘sir qiluvchi omillar tahlilini
M.Sedler davom ettirdi va chuqurlashtirdi. U maktab ta‘limining barqaror
22
rivojlanishi uchun maktab tashqarisidagi omillar iqtisodiyot, davlat tizimi, cherkov
va oila ta‘sir ko‘rsatishini, aynan shu omillar nuqtai nazaridan ingliz grammatik
maktabi, fransuz litseyi va nemis gimnaziyalari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli
jihatlarni tavsiflaydi.
Uning 1900 yilda ―Xalq ta‘limi xorijiy ta‘lim tizimi bilan tanishuv qanday
amaliy qiymatga ega‖ kitobi nashr etildi:
Sedler tashabbusi bilan 1894 yili Londonda ingliz va xorijiy maktablar
taraqqiyoti to‘g‘risida axborot to‘plash, yangi maqola va kitoblar kattaligini tuzish
mos ravishda analitik dokladlar tayyorlash kabi vazifalarni bajaruvchi maxsus
muassasa tuzildi. Bu hujjat va materiallar 1902 yilda qabul qilingan va
mamlakatning o‘rta ta‘limining bir necha o‘n yillik sturukturasini belgilab bergan
Parlament akti mazmuniga sezilarli tasir o‘tkazdi.
M.L.Rodionov Rossiyada qiyosiy pedagogikaga oid dastlabki tadqiqotlar
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ularga
K.D.Ushinskiy va L.N.Tolstoyning ba‘zi ishlarini kiritish mumkin. Ularning har
ikkalasi ham Evropa ta‘lim tizimini tahlil qilib, uni rus ta‘lim tajribasiga qo‘llashga
tanqidiy yondashadilar. Ushinskiy rus milliy ta‘lim tarbiya tizimining ustivor
yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatadi va Evropa ta‘lim tizimidagi alohida olingan ayrim
elementlarnigina rus maktablari tajribasida qo‘llash mumkinlini taklif etadi.
Tolstoy esa, xalq maktabining qat‘iy tarafdori sifatida Evropa ta‘lim-tarbiya
tizimidan to‘liq foydalanishga qarshi chiqadi. Ulardan rus ta‘lim tizimi uchun
yaroqli bo‘lgan ayrim elementlarni olish mumkinligini ko‘rsatib o‘tadi.
Ushinskiy qator asarlarida ―Shvestariya bo‘ylab pedagogik sayohat‖,
―Xorijga mehnat safari bo‘yicha hisobot‖, ―Shimoliy Amerikada maktab
islohotlari‖ xususan ―Umumiy tarbiyaning xalqchilligi haqida‖ Fransiya, Angliya,
Germaniya, Shvetsariya, Shimoliy Amerikadagi xalq ta‘limi, ularning o‘quv
muassasalari faoliyati va tashkil qilinishi usullarining o‘ziga xos jihatlarini batafsil
yoritishga harakat qildi.
Ushinskiy fransuz ta‘lim tizimini o‘rganib, unga tanqidiy baho berdi.
Markazlashuv va ma‘muriy bir xillik xarakterida ekanligini qayd etdi.
Fransiya‘ning o‘quv muassasalari markazlashuvi,- deb yozgan edi u, - eng so‘nggi
nuqtagacha olib borilgan. Nafaqat bir bilim yurti boshqasini takrorlaydi, balki
ularning bari intizomlashgan harbiy qism singari yagona buyruqqa amal qiladi.
Fransuz xalq ta‘limi vazirligi har yili tasarrufida bo‘lgan o‘quv muassalariga o‘quv
fanlari dasturini taqdim qiladi. Unda nafaqat joriy yilda o‘qilishi lozim bo‘lgan
yozuv belgilanadi, balki qaysi betlar tarjima qilinishi, qaysisi yod olinishigacha
qayd etiladi…Vazirlikning ixtiyoriy amaldori soatiga qarab aynan shu soatda
Fransiyaning barcha gimnaziyalarida Seseron asarining aynan shu betlari tarjima
qilinadi yoki aynan bir xil sharh asosida o‘qilatiladi (sharhlar ham vazirlik
tomonidan tasdiqlanadi). Yoyinki, o‘n minglab o‘quvchi aynan shu mavzuda insho
yozyapti, deb ishonch bilan aytishi mumkin. Bu Fransiyada tarixiy merosga
aylangan xalq ta‘limi tizimiga Ushinskiy tomonidan berilgan baho edi. Ushinskiy
Fransuz pedagogikasining ma‘naviy tarbiyaga daxldor jihatlarini tanqidiy
baholaydi. Maktab hayotini tashkil qilishda shuhratparastlik qo‘llab-quvvatlanadi.
23
O‘quvchilar orasidagi nosog‘lom raqobat hamda man-manlikni fransuz
pedagogikasi kuchli richag deb bildi va u bilan birga faoliyat yuritdi.
Bu maqsadda fransuz allomalari ko‘plab qoyilmaqom vositalar o‘ylab
topdilar: tarbiyalanuvchilarga orden taqdim qiladi, ularga mansab beradi, ularning
ismini gazetada chop etadi.
Shunday qilib, XIX asr va XX asr boshida xorijdagi va milliy ta‘lim tizimi
ahvoli to‘g‘risida dalillar yig‘ish tasniflash yoki birlamchi tahlilga tortishga
qaratilgan g‘arb mamlakatlari va rus pedagoglarining tatqiqotlari hajmi kengayib
bordi. Ammo bu muammo bilan shug‘ullangan mualiflarning aksariyati buni yo‘l-
yo‘lakay hisoblab, asosiy ish faoliyati sifatida ko‘rib chiqmagan.
XIX asrning ikkinchi yarmida (1870-1900) jahondagi bir qator mamlakatlarda
majburiy ta‘lim haqida hukumat qarori chiqdi.
Maqsad ta‘lim mazmuniga ko‘ra butun G‘arbda bir xil bo‘lgan maktablar
bilan birga mamlakatning milliy xususiyatlarini ko‘qroq aks ettiradigan davlat
munisipal xalq maktablari yuzaga kela boshlaydi.
Jahonning turli mamlakatlarida maorif sistemasini muammolariga qiziqish va
maktabni qiyosiy o‘rganish zaruriyati ortadi. XIX asrning oxiriga kelib qiyosiy
pedagogikaning ayrim nazariy asoslari va amaliy vazifalari, xususan chet eldagi
pedagogika tajribalari materiallarini to‘plash va ishlab chiqish, nashr etishda o‘z
mamlakatidagi ta‘lim-tarbiya sistemasini takomillashtirish uchun foydali tajriba
olish maqsadida, turli ta‘lim sistemalarining ijobiy tomonlarini qayd etish
vazifalari belgilaydi. XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada xalqaro tadqiqot
markazlari, muzeylari yoki institutlari vujudga kelib, ular o‘z mamlakatlari va chet
eldagi ta‘lim va tarbiyaga oid axborot materiallari va statistik ma‘lumotlarni
to‘plab, ishlab chiqadilar va tarqatadilar. XIX asrning oxirida Turkiya va Avstro-
Vengriya imperiyasi guruhiga kirgan Slavyan xalq vakillari bo‘lgan
pedagoglarning tadqiqotlari o‘ziga xos xarakterga ega edi. Bu pedagoglar maktab
orqali Slavyan xalqlarini birlashtirish va milliy ozod qilishga yordam bermoqchi
bo‘ldilar.
Dostları ilə paylaş: |