14
1.3 Ilm va fanning bir sohasi sifatida qiyosiy pedagogikaning asosiy
rivojlanish bosqichlari
Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishning zaruriy sharti
uning evolyutsion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o‘tishidir.
Pedagogika fanlari uchun bu juda muhim hisoblanadi.
Chunki bir davrdan
ikkinchi davrda uzluksiz o‘tuvchi xususiyatga ega ta‘lim-tarbiya‘ning dolzarb va
abadiy muammolari bir talay. Yangi ijtimoiy tarixiy sharoitda
hamda fanning yangi
rivojlanish bosqichida tarixiy ilmiy merosga tayanib ish ko‘rish zarur. Shuning
uchun pedagogikaning tarixi ikkilamchi masala yoki qadimiy ashyolar yig‘indisi
bo‘lmay, doimiy taraqqiyotda bo‘lgan muammolarni o‘z
ichiga qamrab olgan
majmua hisoblanadi. Ularning batafsil tahlili pedagogika fanlariga oid ixtiyoriy
sohaning ilmiy tadqiqotlari nazariy metodologik darajasini mukammallashtiradi.
Odamning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko‘rsatkichga aylanadi.
Bularning
bari qiyosiy pedagogikaga ham to‘la aloqador hisoblanadi. Qiyosiy pedagogika
tahliliga metodologik yondashuvlar majmuini hisobga
olgan holda biz uning besh
taraqqiyot bosqichini ajratamiz:
ilmiydan oldingi bosqich, paydo bo’lish bosqichi,
Dostları ilə paylaş: