G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi – ilmiy qiyosiy



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi – ilmiy qiyosiy 
pedagogikaning paydo bo’lishi (XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha).  Bu 
davrda qiyosiy pedagogika fan sifatida ilmiy asoslandi va pedagogikaning mustaqil 
sohasiga aylandi. Mohiyatan olib qaraganda, bu davr qiyosiy pedagogikaning 
alohida fan sohasi sifatida pedagogik hodisalarni ilmiy asosda o‘rgana boshlangan
ilk davri edi, desak xato bo‘lmaydi. Bu davrda turli davlatlarning ta‘lim tizimidagi 
rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari ajratila boshlandi, ularning ilk qiyosiy 
tahliliga ilmiy yondashildi.
Ayrim Yevropa pedagoglari XIX asrda ta‘lim taraqqiyotining xorij 
tajribasini diqqat bilan o‘rgandilar. Bu tajribalardan o‘z mamlakatlarida maktab 
ishlarini yaxshilashda foydalanishga harakat qilishdi. Bu izlanishlar ta‘limda 
statistika mavjud emasligi, maktab qonunchiligi va pedagogik hujjatlalarni 
yuritishni tizimlashtirish, materiallarning kamchiliklari tufayli katta muammoga 
duch keldi. Xorijiy ta‘lim bilan tanishuv asosan «pedagogik sayohat» tarzida, ya‘ni 
pedagoglarning xorijiy mamlakatlarga tashrifi orqali amalga oshirilgan. Bunday 
tadbirlar ko‘pincha shaxsiy tashabbus natijasida yuzaga kelgan. Lekin ba‘zida 
hukumat topishirig‘i bilan amalga oshirilgan «sayohat»lar qayd etilgan, chunki 
ta‘lim taraqqiyoti masalalari asta-sekin davlat hokimiyati etiborini o‘ziga jalb qila 
boshlagan.
―Vaterlo yonidagi jang Itona sport maydonlarida yutilgan edi‖, ―Sad 
yonidagi jangda pruss maktab o‘qituvchisi g‘olib chiqdi‖. Bular ingliz qo‘mondoni 
gersog Vellington va nemis konsleri Bismarkning mashhur iboralari bo‘lib, XIX 
asrdayoq Yevropa davlatlarining yetakchi arboblari maktab ahamiyatini ―katta 
siyosat‖dagi dastaklardan biri sifatida tushunganligini isbotlaydi. Deyarli barcha 
Yevropa mamlakatlarida maktab islohoti amalga oshirildi. Bu mamlakatlarning 
islohotchilari quyidagi savollarga javob topishi kerak edi.
Milliy ta‘lim tizimida qanday turdagi o‘quv muassasalarini tashkil qilish 
kerak? 
Ta‘lim tizimini nazorat qilish vakolatini kimga berish kerak-davlatgami, 
cherkovgami, o‘quvchilarning ota - onasigami?
Ta‘lim qay yo‘sinda moliyalashtiriladi? Mumkinmi? 
Markaziy va mahalliy hokimiyat bog‘liqligi qanday bo‘ladi? 


17 
Turli shakldagi o‘quv muassasalari uchun o‘qituvchilar qanday 
tayyorlanashi kerak? Tabiiyki, hukumat va pedagogik jamiyat xorij tajribasi haqida 
ishonchli va batafsil ma‘lumot olishga qiziqish bildiradi. Lekin ularning bari 
qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar sohasidagi dastlabki urinishlar edi, xolos. 
XIX asr ishlab chiqarish inqilobi hamda ishlab chiqarish mehnati va 
urbanizastiya sharoitida fan va maorif yuqori sur‘atlarda rivojlana boshladi. Aynan 
an shu davrda fan kasbiy xususiyatga ega bo‘la boshladi. Dastlabki davriy ilmiy 
jurnallar chop etila boshlandi, bilimlarni tizimlashtirish jarayoni ham keng quloch 
yozdi, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ensiklopediyalar chop etildi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bolalarni maktablarga keng jalb etish 
va kasbiy ta‘limni tashkil etish borasida ilk qadamlar qo‘yildi, ko‘pgina davlatlarda 
xalq maorifining davlat asoslari yaratildi. Aynan shu davrda ko‘pgina yirik 
rivojlangan davlatlar – AQSH (1852), Buyuk Britaniya (1870), Fransiya (1882)da
majburiy maktab ta‘limiga o‘tila boshlandi. Dastlabki qiyosiy pedagogika va 
qiyosiy ta‘lim markazlari – milliy va xalqaro axborot muassasalari paydo bo‘la 
boshladi. Bu erda turli mamlakatlardagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida axborotlar 
tanlanib, tahlil qilinar edi (Vashintondagi maoriy xizmati (1866), Parijdagi 
pedagogika Muzeyi (1879) va b.). 
XIX asrda ko‘pgina milliy ta‘lim tizimlarida islohotlar o‘tkazila boshlanadi. 
Ular quyidagi shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi: birinchidan, 
boshlang‘ich maktab ta‘limini joriy etish va takomillashtirish zarurati. Bu 
rivojlangan industrial davlatlarda muayyan yoshdagi bolalar uchun, ularning 
ijtimoiy mavqeyi va moddiy ta‘minlanganlik darajasidan qat‘iy nazar boshlang‘ich 
ta‘limning majburiyligi, ya‘ni boshlang‘ich ta‘lim davlat tizimini barpo etishga 
olib keldi. Ikkinchidan, turli davlatlarning maktablarida mazmuniy, tashkiliy va 
metodik ko‘lamdagi salmoqli o‘zgarishlarning sodir bo‘la boshlaganligi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin