Etnopsixologik yondashuv- xalqlarning milliy xususiyatlari asosida milliy
qadriyatlari, urf-odatlari, an‘analarining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga ta‘sirini
o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Har bir xalq, millatning o‘zigagagina xos
madaniy-ma‘naviy boyligi, mentaliteti ta‘limning rivojlanishini belgilovchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Aksiologik yondashuv-ijtimoiy
tajribaning
avloddan-avlodga
o‘tishi
jarayonida qadriyatlar va g‘oyalarning hal qiluvchi ta‘sirini tahlil qilishga yordam
beradi.
Qiyosiy pedagogika bugungi kunda ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining
rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarining farqli xususiyatlarini qiyosiy
o‘rganadi. Qiyosiy pedagogika mamlakatda tanlangan maktab siyosatini yangilash
va hayotiylashtirish uo‗llarini belgilashda maslahat berish, qabul qilingan qarorlar
natijalariga ta‗sir ko‗rsatadigan shart-sharoit, tanlangan siyosatning oqibatlarini va
uni amalga oshirish yo‘llarining to‘g‘riligini oldindan ko‘ra bilish kabi vazifalarni
tahlil qiladi.
Qiyosiy pedagogika metodlari-metodologik yondashuvlar bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, ular asosida amalga oshiriladi. Kompravistika uchun: tasvirlovchi,
tarixiy, ijtimoiy, statistika, qiyoslash kabi metodlar ulkan ahamiyatga ega.
Qiyosiy pedagogika yondosh fanlarda qo‗llanadigan tadqiqot metodlaridan
ham foydalanadi. Tadqiqot jarayonida bu metodlar bir-biriga o‗zaro ta‘sir qilib
bog‘lanib ketadi. Qiyosiy pedagogikaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning
asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.
Taqqoslash (qiyoslash) turli madaniy an‘analarga ega bo‘lgan ta‘lim tizimlarini
o‘zaro taqqoslash hamda qiyoslashga asoslanadi.
Taqqoslash metodi – ta‘lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi
umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning
namoyon bo‘lishini aniqlaydi.