G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy pedagogikaning obyekti, vazifalari va bajaradigan ishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Qiyosiy pedagogikaning obyekti, vazifalari va bajaradigan ishi. 
Qiyosiy pedagogika pedagogika fanining bir sohasi bo`lsa ham, (ijtimoiy 
pedagogika didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi fanlari kabi) o`zining 
muayyan tadqiqot obyekti va predmetiga egadir. Bular, fan va o`quv predmetining 
bosh masalasini aniqlab beradi. 



Qiyosiy pedagogika obyekti – milliy, regional va global masshtabdagi 
ta‘lim.
Qiyosiy pedagogika predmeti – xorij va O`zbekiston pedagogik tajribasi va 
zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning holati, tendensiyalari va rivojlanish 
qonuniyatlarini qiyosiy tahlil qilish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari: 
-turli mamlakatlarda ta‘lim rivojlanish jarayonlarini aks ettiradigan fakt va 
dalillarnitasvirlash va tahlil etish; 
-turli mamlakatlardagi ta‘limning rivojlanishi to`g‘risidagi miqdor va sifat 
o`zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirish; 
-turli mamlakatlardagi ta‘lim rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini 
ochib berish; 
-turli mamlakatlarda ta‘limni rivojlantirishning yo`llari va imkoniyatlarini 
prognoz qilish; 
-xorij mamlakatlarida ta‘lim yutuqlari va kamchiliklarini o`zaro taqqoslash va 
qiyoslash; 
-xorij mamlakatlari ta‘lim tizimini umumiy tahlil qilish 
Qiyosiy pedagogika fanining bajaradigan ishi. 
-xorij tajribasini mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi qulay bo‘lishi uchun 
turli 
mamlakatlar 
pedagogik 
hujjatlaridagi 
atama 
va 
tushunchalarni 
muvofiqlashtirish va tartibga solish; 
-xorij va o‘zbek pedagoglari ta‘lim arboblarining nazariy g‘oyalari, ta‘lim 
siyosati, ta‘lim modellarini o‘zaro taqqoslash; 
-ta‘limning rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish; 
-ta‘limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. 
Qiyosiy pedagogika keng ko‘lamdagi muammolarni o‘rganadi: 
Turli mamlakatlardagi ta‘lim nazariyasi mazmuni va tashkilotlarinigina emas
shuningdek, ta‘lim metodlari, shakllari, vositalari, ta‘lim muassasalari, boshqaruv, 
ta‘lim qadriyatlari va hokazolar. Turli mamlakatlardagi ta‘lim va tarbiya tizimi 
taraqqiyoti va amal qilish qonuniyatlarini taqqoslash, ularning o‘xshash va farqli 
tomonlarini ajratib ko‘rsatish orqali tadqiq qiladi. Ta‘lim tizimi va uning 
rivojlanish dinamikasini muayyan davlatning madaniy tarixiy va ijtimoiy-siyosiy 
xususiyatlarini inobatga olgan holda, solishtiradi va qiyoslaydi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin