G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari 
Ta‘lim O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb 
e‘lon qilinadi. 
Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi; 
ta‘limning uzluksizligi va izchilligi
umumiy o`rta, shuningdek o`rta mahsus, kasb-hunar ta‘limining majburiyligi; 
o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo`nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
ta‘lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi
davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
bilimli bo`lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish; 
ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O`zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va 
davlatning 
iqtisodiy, 
ijtimoiy, 
ilmiy-tehnikaviy 
va 
madaniy 
ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi. 
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari 
Uzluksiz ta‘limning faoliyat ko`rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: 
ta‘limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega 
ekanligi, bilim, ta‘lim va yuksak intellektning nufuzi; 
ta‘limning demokratlashuvi ta‘lim va tarbiya uslublarini tanlashda o`quv 
yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta‘limni boshqarishning davlat-jamiyat 
tizimiga o`tilishi; 
ta‘limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning 
ta‘limga nisbatan bo`lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va 
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o`zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi; 
ta‘limning ijtimoiylashuvi ta‘lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil 
qilish, ularda yuksak ma‘naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
ta‘limning milliy yo`naltirilganligi ta‘limning milliy tarix, xalq an‘analari va 
urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O`zbekiston halqlarining madaniyatini saqlab 
qolish va boyitish, ta‘limni milliy taraqqiyotning o`ta muhim omili sifatida e‘tirof 
etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; 
ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga yo`naltirilganligi; 



iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta‘limning eng yuqori darajasida, izchil 
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O`zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va 
davlatning 
iqtisodiy, 
ijtimoiy, 
ilmiy-tehnikaviy 
va 
madaniy 
ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin