Maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini shakillantirish usullari



Yüklə 164,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix06.07.2023
ölçüsü164,73 Kb.
#135837
  1   2   3   4   5
6345-Текст статьи-15907-1-10-20220628



130 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURINI 
SHAKILLANTIRISH USULLARI 
Islomova Ozoda Sayfiddinovna 
Jizzax Davlat Pedagogika Instiuti 
Maxsus pedagogika kafedrasi 
o’qituvchisi 
islomovaozoda1990@gmail.com
Jizzax Davlat Pedagogika Instiuti 
Defektologiya yo’nalishi 
2-bosqich 
talabasi Qobulov Faxriddin
 
 
Anotatsiya:
Ushbu maqolda bolalarning umumiy rivojlanishidan kelib chiqib 
ularning tafakkurini , nutqini rivojlantirish usullari haqida ko'rsatib, bog’cha 
yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia 
jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning 
nomlanishini o’zlashtirishi haqida aytib o'tilgan. 
Kalit so'zlar:
tafakkur, xotira, o'yinli metodlar, muloqot, nutq madaniyati. 
Bolalar butun hayoti davomdagi ma’lumotning 50-70 % qabul qiladi. Bog’cha 
yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia 
jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning 
nomlanishini o’zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko’rgazmali-harakat va
ko’rgazmali-obrazli harakterda ekanligi bilan tushintirish mumkin. Shu tufayli ham,
bog’cha yoshidagi bolalar lug’atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli 
uchramaydi. Bolalar nutqidagi bu hususiyatni ham mashg’ulotlar jarayonida hisobga 
olish zarur. Bolalarning nutqlari kattalarning nutqlaridan keskin farq qilinadi: 
Masalan: “r” o’rniga “l” yoki “y”, “sh” o’rniga “s” tovushlarini ishlatishlari
kuzatiladi. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
pedagogik mahorat alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda 


131 
dastlabki ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni shakllantirish bolaning dastlabki 
rivojlanish bosqichlaridayoq amalga oshirilishi lozim bo’lgan pedagogik talablardan 
biri bo’lsa, ma’naviy sifatlar: mehribonlik, to’g’rilik, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, milliy g’urur kabi va 
axloq – odobga oid sifatlar: ota – onaga hurmat, salomlashish odobi, kiyinish va 
ovqatlanish odobi, mehnatsevarlik, uyda va jamoat joylarda o’zini tutish kabi 
fazilatlarni tarbiyalash jarayoni ham bolalarda nutq zahirasining yetarlicha 
rivojlanishini talab etadi. Ushbu bolalarda bunday fazilatlarni uyg'otishda avval 
ularning umumiy psixalogik xususiyatlarini o'rganib chiqish hamda ularning ongiga
singdirish zarur. Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning tafakkuri sog'lom 
tengdoshlaridan ko'ra farq qiladi mana shu xolatni inobatga olgan holda logoped 
tamonidan kerakli mashg'ulotlar amalga oshirilib boriladi. Maktabgacha ta’lim 
mazmunini tashkil etishda bolalar nutqini rivojlantiruvchi noan’anaviy usullardan 
foydalanish; ularda mashg’ulotlarga qiziqishni yanada orttirish uchun har- xil 
integrasiyalashgan xususiyatga ega bo’lgan ko’rgazmalardan foydalanish; 
maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarni tashkil etishda doimo bolalarning 
tafakkur xususiyatini(ko’rgazmali obrazli, ko’rgazmali harakatli, emotsonal) hisobga 
olish; ta’lim jarayoni bola yoshiga mos bo’lishi yoki imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda metodlarni tanlash bilan bog’liq bo’lishi; bolalarga yondashuvda logoped, 
difektolog, psixolog, tarbiyachi, ota – onalar o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari 
maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirish 
ularda nutq jarayonini rivojlantirishga uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur nutqning mahsuli 
ekanligini hisobga olsak, bolalarda nutqni rivojlantirishda tarbiyachilar asosan 
quyidagilarni mashg’ulotlarda hisobga olishlari zarur: 
-Bolaning yosh davr xususiyatlarini; 
-Bolaning individual imkoniyatlarini; 


132 
-Bolaning xarakter xususiyatlarini;
-Bolaning tarbiyasiga kuchli ta’sir yetuvchi omillarni (kattalar, do’stlari, 
tarbiyaviy vositalar va hakazo).
Nutqni rivojlantirish usullari va texnikasi 
Nutqni rivojlantirish usuli o'qitishni va bolalarning shakllanishini 
ta'minlaydigan usul sifatida belgilanadi nutq qobiliyatlari va imkoniyatlari inobatga 
olinadi. Uchta usuldan bolalarni ajratib olamiz bularga: vizual, og'zaki va amaliy. Bu 
bo'linish juda shartli, chunki ular o'rtasida keskin chegara yo'q. Vizual usullar so'z 
bilan birga keladi va og'zaki vizual usullar qo'llaniladi. Amaliy usullar ham so'z, ham 
vizual materiallar bilan bog'liq. Vizual usullar bolalar bog'chalarida ko'proq 
qo'llaniladi. Sifatida qo'llash to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita usullar. Kimga to'g'ridan-
to'g'ri usuli qo'llaniladi kuzatishlar va uning turlari: ekskursiyalar, xonani tekshirish
tabiiy buyumlar. Ushbu usullar nutq tarkibini to'plashga qaratilgan va ikkita 
signalizatsiya tizimi o'rtasida aloqani ta'minlaydi. Bilvosita usullaridan foydalanishga 
asoslangan ajoyib ko'rinishi bu o'yinchoqlar, rasmlar, fotosuratlar, rasmlarning tavsifi 
va o'yinchoqlar, o'yinchoqlar va rasmlar haqidagi hikoyalar. Ular bilimlarni 
mustahkamlash uchun ishlatiladi,so'z boyligi, so'zning umumlashtiruvchi funksiyasini 
rivojlantirish, izchil nutqni o'rganish. Bilvosita medtodida tanishish uchun ham 
foydalanish mumkin chunki ob'ektlar va hodisalar ular bilan to'g'ridan-to'g'ri 
ma'lumotlarni bilishning iloji yo'q. Kattalar bilan bevosita muloqot qilish bola 
nutqiga katta ta'sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar atrofdagilarga taqlid 
qilganlari holda nafaqat to’g’ri talaffuz, so’zlarni to’g’ri qo’llash, iboralar tuzish 
sirlarini, balki kattalarda (pedagoglar, ota-onalar, oila a'zolari va boshq.), atrofdagi 
bolalarda uchrab turadigan nutq nomukammaliklarini ham o’zlashtirib oladi. 
Bolalarning nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalarning) nutq 


133 
madaniyatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Doimo kichkintoylarning diqqat-e'tibori 
markazida 
turadigan 
va 
ular 
bilan 
muloqot
qiladigan tarbiyachning nutqi bolalar ona tili, nutq madaniyati namunalarini 
oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to’g’ri so’zlashi, ona 
tilining barcha tovushlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etishi, balki u muayyan 
balandlikdagi ovozda bosiqlik bilan so’zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, 
grammatik jihatdan to’g’ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo’lishi 
hamda so’z bilan belgilash to’g’ri va aniq amalga oshirilishi lozim. Tarbiyachining 
ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o’qigan hikoyasi bolalarda qiziqish 
uyg’otadi, ularda qayg’urish, so’z kuchini his qilish, uning mazmunini anchagacha 
yodda saqlab qolish imkonini beradi; agarda aynan shu hikoya tez va quruq ohangda 
his-hayajonlarsiz o’qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va 
befarqlikni shakllantiradi. Bu esa bolalarning tafakkurini rivojlanishiga salbiy omil 
bo'lib xizmat qiladi. Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va 
sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez 
qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini 
faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan
sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda sintez qilib 
ko‘rishga intiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning hayoli, asosan, ularning turli-
tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha 
yoshidagi bolalarda hayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning hayoli ham 
xilma-xil bo‘lmas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning hayollari turli xil 
mashgulotlarda ham o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar hayolining o‘sishiga faol 
ta’sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar haqidagi turli 
ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat 
yuzaga keladi Bog‘cha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuygular g‘oyat 


134 
kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning his-tuyg'ulari ular 
organik ehtiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog‘likdir. Bu 
ehtiyojlarning 
qondirilmasligi 
sababli 
bolada 
noxushlik 
(yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini qo‘zg‘aydi. Katta bog‘cha yoshidagi 
bolalarda burch hissi – nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan axloqiy 
tasavvurlari o‘rtasida bog‘liklik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron 
topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg‘ulari paydo bo‘lsa, biron tartib 
qoidani buzib qo‘yganlarida xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi. Maktabgacha davrda 
tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi.Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish 
omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganidan dalolat hisoblanadi. Bilish 
jarayonlarning sintezi bolaning o‘z ona tilini to‘liq egallashi asosida yotadi. Bu 
davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya 
jarayonida bolada elementar axloqiy norma va qoidalar egalaniladi. Bu norma va 
qoidalar bola axloqini boshqaradi. 

Yüklə 164,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin