Bolalarning muloqoti haqida
Tarbiyaning muloqtga ahamiyati
Mulоqоt psiхоlоgiyasi
Bolalar nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki uning nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak.
O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga - o‘zi gapirib berishni mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining o‘sishida muhim bosqich bo‘ladi. Bola o‘z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganda o‘zining shu ishiga baho berilishini, o‘z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab baho berilishini oldindan bilib turadi.
Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish bo‘yicha muntazam mashqlar o‘tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishida katta ahamiyatga ega.
Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning og‘zaki nutqiga qaraganda ancha bo‘sh bo‘ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi.
Shuning uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish bilan birga nutq madaniyatini ham o‘rgatib borishlari zarur.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatgakirishish o‘quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi.
Odamlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g‘ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - o‘zini - o‘zi mukammallashtirish, o‘zini - o‘zi ruyobga chiqarish, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini - o‘zi baholash, o‘ziga - o‘zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir.
Shuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish - bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbi tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.