63
ma‘lumot olishlari uchun 4,3 mln marka ajratadi. Jumladan, korxonalarning
majburiyatlariga ishchi joylarning 6 foizidan kam bo‘lmagan qismi nogironlarga
taqdim etish majburiyati yuklatilgan. Ushbu nizomni bajarmaganlik uchun jarima
solinadi.
Korxonada ta‘lim olish. Korxonada amaliy ta‘lim olish, «shogirdlik»,
mutaxassislikka qarab 2 yildan
3,5 yilgacha, o‘rtacha 3 yil davom etadi. Davlat
tomonidan e‘tirof etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha
tayyorgarlik ruxsat etilgan
xolos. Yetuklik shahodatnomasiga ega bo‘lgan fuqaroning o‘qish muddati yarim
yilga qisqartirilishi mumkin. O‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lsa, o‘qish muddatini
yana yarim yilga qisqartirish mumkin. Shogirdlarning maoshi yildan-yilga ortib
boradi. O‘quv dasturlari tadbirkorlar uyushmasi va kasaba uyushmalari
tomonidan
belgilanib,
tegishli
federal
vazirliklar nizomlarida e‘tirof etiladi. Ularda
o‘qitiladigan fanlar va imtihon shakllari belgilanadi. Imtihonlar iqtisoddagi o‘z-
o‘zini boshqarish organlari (savdo-sanoat palatalari, hunar palatalari) tomonidan
qabul qilinadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga ishbilarmonlar, mehnat jamoasi
vakillari hamda kasb-hunar maktablari o‘qituvchilari kiradi.
O‘quvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan qator
korxonalarda, shuningdek erkin kasblar sohasida va davlat muassasalarida
o‘qiydilar. Yirik firmalar o‘quvchilarni o‘zlarining o‘quv ustaxonalari va ish
joylarida tayyorlaydilar. Kichik korxonalarda o‘qish bevosita
ish joylarida tashkil
etilgan. Agar korxona tor ixtisoslikka ega bo‘lib, zaruriy bilimlarni berish
imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ularga yoshlar o‘zlarining kasbiy bilimlarini
chuqurlashtirishlari mumkin bo‘lgan tarmoqlararo o‘quv markazlari yordam
beradi.
Barcha uchun ta‘lim. Mamlakatda hech bir kishi mutaxassislikka ega bo‘lmay
turib mehnat faoliyatini boshlashi mumkin emas. Kasbiy ta‘limning dual tizimi
o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, doimo mukammallashib bormoqda. Shuning
uchun bo‘lsa kerak qator mamlakatlarning bu tizimga qiziqishlari ortmoqda.
Yoshlar ichida korxonalarda o‘quv joylariga
talab oshayotganiga qaramay,
shu paytgacha taklif va talab o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga erishilib
kelinmoqda. Germaniyaning birlashuvi to‘g‘risidagi shartnomada sohada
yoshlarning harakatchanligini oshirish maqsadida mamlakatning har ikkala
qismida olingan kasbiy ta‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: