G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Malaka oshirish. Malaka oshirish yoshlikda olingan turli bilimlarning uzviy 
davomi yoki yangi axborotlarni qabul qilish davri hisoblanadi. Asosan umumiy va 
kasbiy malaka oshirish turlari farqlanadi. Siyosiy va madaniy sohalardagi malaka 
oshirish umumiy malaka oshirishning muammoga yo‘naltirilgan qismida amalga 
oshiriladi. Har ikkala malaka oshirish sohalarida oliygohlarning takliflari hamda 
ilmiy sohadagi etakchilarning sirtqi ta‘lim borasidagi takliflari inobatga olinadi. 
Malaka oshirishga qatnashish ixtiyoriy, takliflar xilma – xil va etakchilar ko‘p 
shuningdek davlatning ko‘makchilik roli mavjud.
Bugungi kunda Germaniyada yangi ko‘rinishdagi virtual maktablar tashkil 
etilyapti. Virtual maktab yordamida Sharqiy Friz orollaridagi o‘quvchilar 
materikdagi o‘quvchilar qatnaydigan maktab darslarida ishtirok etishlari mumkin 
bo‘ladi. Oroldagi o‘quvchilarga darsda kompyuter orqali onlayn rejimda, 
shuningdek, videokonferensiyalar orqali ulanishadi. Shunday qilib, istovchilar 
gimnaziya ta‘limini olishlari mumkin bo‘ladi – orollarda gimnaziya yo‘q, biroq 
oliy ta‘lim muassasiga o‘qishga kirish uchun abiturientda aynan gimnaziya attestati 
bo‘lishi shart. Masofadan turib barcha darslar ham o‘tilmaydi, aksincha, orolda 
kamroq e‘tibor qaratilgan darslargina chuqurlashtirilgan holda o‘tiladi. Xususan, 
bu qoida fransuz tili darslariga taalluqlidir. Ushbu ta‘lim loyihasining 
tashkilotchilari namuna sifatida AQSh, Kanada, Avstraliya va Finlandiya 
tajribasini o‘rganishgan. Dastlabki rejaga ko‘ra, virtual maktab 2015 yilga qadar 
faoliyat olib boradi, shundan so‘ng tajribani davom ettirish-ettirmaslik bo‘yicha bir 
qaror qabul qilinadi. Loyihaning texnik ta‘minoti uchun xarajatlar miqdori 200 
ming evroga teng bo‘lgan. Quyi Saksoniya federal yeri (Sharqiy Friz orollar shu 
hududga bo‘ysunadi) madaniyat vaziri Bernd Altxusmann (Bernd Althusmann) bu 
kabi – onlayn rejimda masofadan turib ta‘lim berish loyiha Germaniyada tengi 
yo‘qligini qayd etib o‘tdi. Keyinchalik ushbu tizim mamlakatning boshqa 


66 
hududlarida ham joriy etilishi mumkin. Misol uchun, o‘quvchi uzoq davom etgan 
kasallik tufayli darsga qatnay olmay, uyda yoki shifoxonada qolishga majbur 
bo‘lsa, aynan virtual ta‘lim loyihasidan foydalanishi mumkin. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin